Breaking News

Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda


Arab davlatlari Liviya uzra harbiy samolyotlar uchishini taqiqlashga rozi
Arab davlatlari Liviya uzra harbiy samolyotlar uchishini taqiqlashga rozi

Liviyada armiya muxolifat o’rnashib olgan shahar va viloyatlarni havodan nishonga olmoqda. Sharqdagi Ajdabiya shahri qattiq talofat ko’rgani aytiladi.

O’tgan oy Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga qarshi bosh ko’targan xalq kecha neftga boy port shahar Bregadan ham qochgan.

Hudud ayovsiz o’qqa tutilmoqda. Muxolifat iznidagi Ras Lanuf va Bin Javad shaharlari yana armiya qo’lida.

Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda
Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda

Yengil qurollangan omma professional armiya, tanklar, og’ir artilleriyaga bas kela olmayapti. Lekin Misrata hamon fuqarolar iznida.

Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda
Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda

Liviya hukumati isyonchilar safiga o’tgan, lekin qaroridan afsus qilib, qaytgan askarlarni avf etishga tayyormiz, deydi.

Liviya muxolifati va arab davlatlari mamlakat uzra parvozlarni taqiqlashga undamoqda. Toki Qaddafiy kuchlari xalqni qirishni bas qilsin.

G’arb dunyosi arab davlatlari da’vatidan mamnun.

Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda
Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda

BMT Xavfsizlik Kengashi hozir mana shu masala yuzasidan rezolyutsiya ustida ishlamoqda. Tashabbus boshida Fransiya va Britaniya turibdi.

Aynan Fransiya Liviyada muxolifat tuzgan muvaqqat hukumatni birinchi bo’lib tan oldi.

Biroq Arab Ligasi xorij askarlari Liviyaga kirmasin, deya shart qo’ymoqda.

Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda
Liviyada armiya hujumga o’tgan, muxolifat shaharlarni boy bermoqda

Qo’shma Shtatlar ham muhokama ishtirokchilaridan. Vashington chora samara beradimi-yo’qmi deya ikkilanmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun Parijda bo’lib, Liviya faollari va Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan ko’rishishi rejalangan.

Qaddafiy ma’muriyati esa chet el neft kompaniyalarini Liviya bilan hamkorlikka, sanoatga qaytishga undamoqda.

Namoyishlar boshlangach, chet ellik mutaxassislar mamlakatni tark etgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG