Breaking News

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti


Xalqaro hamjamiyat Liviyaga hujum qiladimi?
Xalqaro hamjamiyat Liviyaga hujum qiladimi?

Liviya rahbari Muammar Qaddafiy qo’li ostidagi armiya muxolifat nazoratidagi g’arbiy shahar Sidraga hujum qilgan.

Sharqiy viloyatlar ham nishonga olinib, energiya sanoati qattiq ziyon ko’rgan.

O’tgan oydan beri xalq iznida bo’lgan shaharlar bu. Qo’shinlar sharqda neft ishlab chiqarish markazi Ras Lanufni titratgan.

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti
Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti

Poytaxt Tripoliga qo’shni Sidra shahrida neft quvuri portlatilgan. Biroq Liviya davlat televideniyesi hujum al-Qoidaning ishi deydi.

Neft sanoati rasmiylarining aytishicha, yonilg’i omboriga o’t ketgan.

NATOga a'zo davlatlar vazirlari bugun Byursselda Liviya haqida gaplashmoqda
NATOga a'zo davlatlar vazirlari bugun Byursselda Liviya haqida gaplashmoqda

Namoyish va qonli to’qnashuvlardan oldin Liviya kuniga 1,6 million barrel neft ishlab chiqarib kelgan.

Mamlakat notinch ekan, ishchilar sanoatni tark eta boshlagan. Bugun kuniga 500 ming barrel qora moy yetkazilmoqda.

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti
Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti

Obama ma’muriyati Liviya borasida bir to’xtamga kelmagan. Har qanday qaror xalqaro hamjamiyat roziligi bilan qabul qilinishi kerak, deydi xavfsizlik sohasi mutaxassislari.

Davlat xavfsizlik kengashi a’zolari, jumladan, Tashqi ishlar, Mudofaa vazirligi va Markaziy Razvedka Xizmati kecha majlis qilgan.

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti
Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti

Oq Uy matbuot kotibi Jey Karni so’zlariga ko’ra, faqat maslahat ketmoqda.

“Liviya masalasida qanday chora ko’rish mumkin – mana shular muhokamada”, - deydi Jey Karni. “Mamlakatda harbiy parvozlarni man qilish, mana shular jumlasidan”.

Qo’shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat Liviyani yaqinda sanksiya bilan jazoladi. “Bular salmoqli qadam edi”, - deydi Oq Uy matbuot kotibi.

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti
Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti

“Liviya xalqi, hukumati shuni bilsinki”, - deydi Karni- “gap Qo’shma Shtatlar yoki Yevropa nima deyishida emas. Mintaqa ahli, xususan, Liviya o’z taqdirini hal qilishi kerak”.

NATO – Shimoliy Atlantika harbiy bloki bugun Bryusselda ikki kunlik anjuman boshlab, Liviyadagi qonli mojaroni to’xtatish yo’llarini izlamoqda.

Tadbirda Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts ham bor. “Qo’shma Shtatlar gumanitar yordam berishi mumkin” , -deydi Geyts.

Yevropa Ittifoqi vazirlari bugun Bryusselda yig’ilgan.

Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti
Liviyada fuqarolik urushi, NATO chora izlayapti

Ba’zilar Liviya uzra parvozlarni to’xtatish tarafdori. Qaddafiy xalqni qirishda davom etsa, shundan boshqa iloj yo’q, deydi ular. Biroq boshqalar nazarida bu chora urushni to’xtata olmaydi.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi izohicha, Liviyada fuqarolik urushi boshlanib bo’ldi. Sharqiy viloyatlarda yaradorlar, o’lganlar soni kun-sayin oshib bormoqda.

Qo’mita rahbari Jeykob Kellenberger so’zlariga ko’ra, sharqiy shaharlarga yordam yetib bormayapti. Liviya g’arbi ham qattiq talofat ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG