Breaking News

G'arb Liviyaga qarshi harbiy chora qo'llaydimi?


AQShning ikki harbiy kemasi Liviya yaqiniga, Suvaysh kanaliga yetib borgan
AQShning ikki harbiy kemasi Liviya yaqiniga, Suvaysh kanaliga yetib borgan

Qaddafiy ma’muriyatiga qarshi chora muhokamada ekan, AQSh prezidenti Barak Obama bugun Liviya borasida so’zlashi kutilmoqda.

Xususan, mamlakat uzra harbiy parvozlarni taqiqlash muhokamada.

Bu esa Liviya havo mudofaa sistemasini nishonga olish degani.

“Bu murakkab operatsiya”, - deydi Mudofaa vaziri Robert Geyts. “Shoshishga hojat yo’q”.

Oq Uy buni tan oladi.

Mudofaa vaziri Robert Geyts qurol ishlatishga qarshi
Mudofaa vaziri Robert Geyts qurol ishlatishga qarshi

“Jarayon murakkab, lekin buning iloji yo’q, undan voz kechish kerak degani emas”, - deydi Oq Uy matbuot kotibi Jey Karni.

Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar parvozlarni man qilish yoki boshqa harbiy jazo borasida hali bir to’xtamga kelmagan.

“Lekin Liviya qonli to’qnashuvlar va beqarorlik domiga botgan Somali yo’lini takrorlamasa edi”, - deydi u.

AQSh Senati Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Jon Kerri fikricha, Liviya xalqining da’vat-talablariga quloq tutish kerak.

G'arb Liviyaga qarshi harbiy chora qo'llaydimi?
G'arb Liviyaga qarshi harbiy chora qo'llaydimi?

“Liviyada qirg’inga guvoh bo’lib turibmiz”, - deydi Kerri.

“Shaharlar bombardimon qilinayotganiga tinch qarab turish yaramaydi. Harbiy chora ko’rish lozim”, - deydi senator.

Xillari Klinton Qaddafiy xatti-harakatlari jazoga munosib ekanini e’tirof etadi.

Lekin Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi ehtiyotkorlik tarafdori.

Idora Liviyaga faqat yordam uzatish, odamlarni eltish bobida yordam berishga rozi.

Arab davlatlari nazarida ham Liviyaga qarshi harbiy chora ko’rish xato bo’ladi.

Shunday ekan, Klinton “region bilan hisoblashib ish tutgan ma’qul”, deydi.

Liviya oldida ikki yo’l bor – demokratiya yohud fuqarolik urushi.

Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton "Liviya Somali yo'lidan ketmasa edi" deydi
Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton "Liviya Somali yo'lidan ketmasa edi" deydi

“Iroq va Afg’onistonda al-Qoida safida ko’plab liviyalik jangarilar bo’lgan”, - deydi Klinton.

Xavotir shuki, Liviya ichki urushlar domiga tortilsa, u Somali singari terror o’chog’iga aylanishi mumkin.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen so’zlariga ko’ra, harbiy alyans Liviyaga qo’shin yubormaydi. “Lekin mamlakatdagi vaziyatni kuzatib borayapmiz”, - deydi u.

G'arb Liviyaga qarshi harbiy chora qo'llaydimi?
G'arb Liviyaga qarshi harbiy chora qo'llaydimi?

Xalqaro Jinoiy Sud esa Qaddafiyga qarshi tergov ishi qo’zg’atgan.

Liviya rahbari insoniyatga qarshi jinoyat, qotillikda ayblanmoqda.

BMT Qochqinlar agentligi hisob-kitobiga ko’ra, Liviya shu paytgacha 180 ming odam tark etgan.

Yarmi Tunisga, 77 ming kishi Misrga yo’l olgan. 30 ming odam hamon chegarada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG