Breaking News

Obama: Xalqaro hamjamiyat Muammar Qaddafiyga qarshi hujumga shay


“Qaddafiy qo’li ostidagi armiya zudlik bilan yirik shaharlardan chekinishi shart, aks holda uni o’zimiz to’xtatamiz”, - deydi AQSh prezidenti.
“Qaddafiy qo’li ostidagi armiya zudlik bilan yirik shaharlardan chekinishi shart, aks holda uni o’zimiz to’xtatamiz”, - deydi AQSh prezidenti.

Liviya rahbari o’zi e’lon qilgan sulhga bo’ysunmas ekan, G’arb va arab davlatlari uning hukumatiga nisbatan harbiy chora ko'radi.

AQSh prezidenti Barak Obama Liviya rahbariga bu haqda ogohlantirish berdi.

“Qaddafiy qo’li ostidagi armiya zudlik bilan yirik shaharlardan chekinishi shart, aks holda uni o’zimiz to’xtatamiz”, - deydi Obama.

Muammar Qaddafiy murosa qilishga tayyor ekanini bildirmoqda, lekin hozircha ishonch yo'q
Muammar Qaddafiy murosa qilishga tayyor ekanini bildirmoqda, lekin hozircha ishonch yo'q

Xalqaro hamjamiyat, jumladan arab mamlakatlari, Liviya uzra parvozlarni taqiqlash to’g’risidagi BMT rezolyutsiyasini joriy etishga taraddud ko’rmoqda. Bu degani, aholini havodan bombardimon qilayotgan samolyotlar urib tushiriladi.

Qaddafiy ma’muriyati ushbu operatsiya boshlanay deb turganda sulh e’lon qilib, muzokaraga ko’ngan. Hujumlar ayrim shaharlarda davom etayotgani haqida xabarlar bor.

Bing'ozi shahri muxolifat qo'lida
Bing'ozi shahri muxolifat qo'lida

Obamaning aytishicha, Liviya rahbariga qo’yilayotgan talablar qat’iy. Mamlakatga gumanitar ko’mak olib kirish ham shular jumlasidan.

19 mart kuni Parijda ittifoqchilar yig’ilib, Liviyadagi vaziyatni muhokama qilmoqchi.

“Qaddafiyning so’ziga emas, ishlariga qarab baho beramiz”, - deydi AQSh va Britaniya rasmiylari.

Liviya hukumati isyonchilarga qarshi barcha harbiy operatsiyalar to’xtatilgani haqida e’lon qilgan bo’lsada, Misurata va Ajdabiya shaharlari aholisi hujumlar davom etyapti deydi.

XS
SM
MD
LG