Breaking News

Malayziya filippinlik musulmonlarga qarshi qo'shin yubordi


Malayziya o’tgan oy Borneo orolini ishg’ol qilgan qurollangan filippin guruhiga qarshi jang qilish uchun harbiy samolyotlar va qo’shin yuborgan.

Bosh vazir Najib Razzoqning aytishicha, hukumat mojaroni tinch yo’l bilan hal qilishga harakat qildi, biroq Malayziya sharafi va suverenitetini himoya qilish uchun harbiy chora ko’rishga majbur.

Musulmon guruhning 200 ga yaqin a’zosi dengiz bo’yidagi qishloqni bosib olib, Malayziya hukumatidan yer ularga ota-bobolaridan qolganini tan olishni talab qilgan. To’qnashuvda shu kunga qadar 19 jangari va sakkiz politsiyachi o’lgan.

Bugun Malayziya qiruvchi samolyotlari hududni o’qqa tutib, askarlar uni jangarilardan tozalashga kirishgan.

Borneo oroli bir vaqtlar Sulu sultonligiga qaragan. Sultonlik bir asr oldin tugatilganiga qaramay guruh Malayziyani hududni o’ziga noqonuniy ravishda qo’shib olgan deb, orolga da’vo qiladi. Filippin hukumati guruhdan mojaroni bas qilib, vataniga qaytishni talab qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG