Breaking News

Nelson Mandela xotira marosimida Barak Obama ham qatnashdi


Prezident Obama Yoxannesburgda Janubiy Afrikaning sobiq marhum prezidenti Nelson Mandela xotirasiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zlamoqda, 10-dekabr, 2013-yil
Prezident Obama Yoxannesburgda Janubiy Afrikaning sobiq marhum prezidenti Nelson Mandela xotirasiga bag'ishlangan marosimda nutq so'zlamoqda, 10-dekabr, 2013-yil
Bugun Janubiy Afrika poytaxti Yoxannesburgda marhum sobiq prezident Nelson Mandela xotirasiga yirik tadbir o’tkazildi. Unda 60 mingdan ziyod odam ishtirok etdi. Mamlakatning ilk qora tanli rahbari o’tgan hafta 95 yoshda olamdan o’tdi.

Marosimda Mandelaning irqchilikka qarshi kurashi haqida ma’ruzalar yangradi.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun nutq so’zlab, dunyo yirik arbobni yo’qotganini aytdi.

"Janubiy Afrika qahramonini yo’qotdi. Siz otangizni yo’qotdingiz. Dunyo samimiy do’st va murabbiydan ajraldi. Nelson Mandela zamonamizning buyuk lideri, buyuk ustozi edi", - dedi bosh kotib.

Xotira marosimida AQSh prezidenti Barak Obama ham so’zga chiqdi. Uning aytishicha, Mandela va Janubiy Afrika dunyoga erkinlik va inson huquqlari uchun kurashda qanday g’alaba qozonish kerakligini namoyish etdi.

"Nelson Mandela har narsaning iloji borligini bizga ko’rsatdi. Janubiy Afrika bunga yaqqol misol. Bu mamlakat o’zgarishlarni amalga oshirish mumkinligini namoyish qildi", - dedi Obama.

Marosimda Kuba va Braziliya prezidentlari hamda boshqa arboblar ham nutq so’zladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG