Janubiy Afrikada uzoq yillik irqiy segregatsiya siyosatiga 1990-yillarda zo’ravonlik bilan emas, balki murosa va muzokara orqali nuqta qo’yilgan.
O’sha muzokaralarda qatnashgan odamlarning aytishicha, bir shaxs, Nelson Mandelaning jasorati bunga imkoniyat yaratib bergan.
Nelson Mandela va Janubiy Afrika razvedkasi orasida maxfiy norasmiy muzokaralar 1980-yillarda boshlangan edi. O’sha paytda Mandela Robben orolidagi qamoqxonada 20 yildan oshiq umrini o’tkazib bo’lgan edi.
Uni shu ko’yga solgan aparteid, irqchi hukumat bilan siyosiy muloqotga kirishish Mandela hayotidagi eng muhim qaror bo’lgan. 1993-yilda u Nobel uchun Tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi, 1994-yilda esa o’lkaning ilk qora tanli prezidenti etib saylandi.
De Klerk Jamg’armasi direktori Deyv Stuardning aytishicha, arbobning bu qarori Afrika Milliy Kongressidagi aksar safdoshlariga ma’qul kelmagan bo’lsa-da, bu to’g’ri qaror edi. Chunki natijada nafaqat ayirmachilikka nuqta qo’yildi, balki bu partiya jiddiy siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi.
Deyv Styuard o’shanda Janubiy Afrika prezidenti Frederik Villem de Klerk qo’lida ishlagan. Muzokaraning so’nggi bosqichlarida qatnashgan de Klerk ham Mandela qatorida Nobel mukofotiga loyiq topilgan.
“Nelson Mandela panjara ortida o’tirganida, safdoshlari maslahatiga qarshi chiqib bo’lsa ham, Janubiy Afrikada segregatsiya muammosini qurol bilan hal qilib bo’lmaydi, degan xulosaga keladi. Uzoq mulohaza ketidan Afrika Milliy Kongressi ra’yini qaytarib, muzokara g’oyasini olg’a surish jasoratli qaror bo’lgan”, - deydi Styuard.
Irqchilikka qarshi kurash faollaridan biri Jey Naydu o’shanda o’lkaning eng yirik kasaba uyushmasini boshqargan. Nelson Mandela milliy kongressni bu yo’lga boshlay oladigan yagona shaxs edi, deya eslaydi u.
“Aparteid tuzumi bizni yenga olmasdi, biz esa ularni. Mojaro boshi berk ko’chaga kirib qolgan bir mahalda har ikki tomondan yetakchilar chiqib, murosaga qanday erishsak bo’ladi, degan savolni o’rtaga tashlashdi. Erkinlik uchun jonini fido qilgan, 27 yilni qamoqda o’tkazgan Nelson Mandela yetakchilikni qo’lga oldi”, - deydi faol.
Ushbu harakatga keyinchalik boshqa mohir muzokarachilar ham qo’shildi. Jumladan, Mandeladan keyin prezident bo’lgan Tabo Mbeki va Milliy Kongress rahbari o’rinbosari Siril Ramafoza.
“Jiddiy siyosiy muzokaralar boshlanishidan oldin juda murakkab masalalar atrofida 10 yilcha tortishdik”, - deya qo’shadi Jey Naydu.
Bu voqealarga guvoh bo’lgan Deyv Styuard muzokara boshlanganidan so’ng Mandela bo’sh kelmaganini, hukumatga qat’iy talablar qo’yganini aytadi.
“Mandela prezident de Klerkni ayovsiz tanqid qilgan, yerga urgan va haqoratlagan vaqtlar bo’lgan. Ayniqsa, qamoqdan ozod etilganidan keyin qilgan birinchi nutqida. Muzokara natija bermasligi ham mumkin edi. Ammo de Klerk uzoqni o’ylab ish tutdi, tishni tishga qo’yib muzokara har narsadan ustun deya jarayonga to’sqinlik qilmadi”, - deydi uning qo’lida ishlagan Styuard.
Erkinlik timsoliga aylangan Mandela haqida so’z ketganida, odamlar ko’ngliga yo’l topa olgan va kamtarligi bilan nom qozongan shaxs bo’lgani aytiladi.