Breaking News

Barak Obama Janubiy Afrika respublikasida


Obama Afrika bo'ylab safari boshida Senegalda to'xtab, Gori oroli, o'tmishda qullar savdosi markazi bo'lgan manzilni ko'zdan kechirdi.
Obama Afrika bo'ylab safari boshida Senegalda to'xtab, Gori oroli, o'tmishda qullar savdosi markazi bo'lgan manzilni ko'zdan kechirdi.
Afrika bo’ylab safar qilib, Amerika va mintaqa rishtalarini mustahkamlashni ko’zlayotgan prezident Barak Obama bugun Janubiy Afrika respublikasiga yo’l olmoqda.

AQSh rahbari dastlab Senegalda ikki kun bo’lib, rahbariyat bilan fikrlashib oldi va demokratiya, qonun ustuvorligi zaruratini eslatdi.

Prezident Gori orolida, XVIII asrda qullar savdosi markazi bo’lgan manzilni ko’zdan kechirdi. Senegal AQShning ittifoqchilaridan, o’sib kelayotgan demokratiya sifatida ko’riladi.

Bugun Janubiy Afrika respublikasida Obama irqiy tengsizlikka qarshi kurashgan sobiq rahbar Nelson Mandela bilan ko’rishadimi-yo’qmi, hali noma’lum. Sog’ligi yomonlashgan 94 yoshli Mandela hozir Pretoria shahri kasalxonasida.

Oq uyning bildirishicha, uchrashuv o’tish-o’tmasligi Mandelaning oilasi hal qiladigan masala. “Arbobning ahvoli og’ir bir pallada oila tinchini buzishni xohlamaymiz”, - deydi Obama.

Ertaga Barak Obama Robben orolini, aparteidga qarshi olishgan sobiq prezident 27 yil o’tirgan qamoqxonani ziyorat qilishi kutilayapti.

Obama kecha qilgan chiqishida Mandelani “xalqaro qahramon” deya sharafladi.

Janubiy Afrika respublikasiga safari davomida prezident hamkasbi Jeykob Zuma bilan ham muloqot qiladi. Taraflar beqaror qo’shni Zimbabvedagi prezident saylovlari haqida gaplashishi rejalanmoqda.

AQSh bu davlatning 30 yillik rahbari Robert Mugabeni saylovlarda ta’qib, zo’ravonlik, ovozlarni soxtalashtirish kabi usullarni qo’llashda ayblab, tanqid qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG