Breaking News

AQSh Afrika bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda


Amerika diqqati Afrikada/US-Africa
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Amerika diqqati Afrikada/US-Africa

AQSh prezidenti Barak Obamaning Afrikaga tashrifi Vashingtonning qit’a bilan iqtisodiy va savdo munosabatlari kengayayotganini anglatadi. Ayni paytda, terror guruhlarining tahdidi ortib borarkan, AQShning mintaqaga harbiy yordami ham oshgan.
Afrika bilan harbiy hamkorlik, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00
Yuklab oling

G’arbiy Afrikaning Mali kabi ilgari nisbatan xavfsiz bo’lgan hududlarida ham jangari guruhlar faoliyati kuchaygan. Bu holat AQSh harbiylarini mintaqaga e’tiborni oshirishga undagan. Masalan, AQSh dengiz piyoda kuchlari hozir afrikalik ofitserlarni tayyorgarlikdan o’tkazmoqda.

AQSh Niger kabi davlatlarda uchuvchisiz samolyotlar uchun aeroport qurib, razvedka-kuzatuv ishlarini ham olib bormoqda.

Bu Afrikaga xavfsizlik bo’yicha va’da qilingan harbiy yordamning bir qismi.

AQSh armiyasi generali Deyvid Rodriges yaqinda Afrika harbiy markaziga, Germaniyada joylashgan idoraga, bosh qo’mondon etib tayinlandi. “Amerika ovozi” bilan suhbatda u qit’a harbiylarni tayyorgarlikdan o’tkazishning ahamiyati haqida gapirdi.

“Afrika davlatlarining tarixi, mustamlakachilik siyosati, bularning barchasi nima uchun mintaqaga askar kiritmasdan, balki mahalliy askarlarni tayyorlagan afzalroq ekanini ko’rsatadi. Oz sonli odamlar bilan yuqori natijalarga erishishimiz mumkin. Shuningdek, oz muddat ichida mashg’ulot va amaliyotlar o’tkazib, harbiy salohiyatlarining o’sishiga hissa qo’shamiz”, - deydi general Rodriges.

Afrika qo’mondonligi 2008-yilda tashkil etilgan. Dastlab, u amerikalik askarlar, ba’zan esa, oddiy fuqarolar kiyimida mintaqada oziq-ovqat va taraqqiyot loyihalari ustida ishlagan.

Tahlilchilar fikricha, bu ishlar ko’pchilikda AQSh harbiylarining asl missiyasiga shubha uyg’otgan.

“Afrika qo’mondonligi, dastlab, tashkil etilganda ko’pchilikda qo’rquv uyg’otgan. Chunki uning nima maqsadda tuzilgani yaxshi tushuntirilmagan. Odamlar shubhalangan”, - deydi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchisi Richard Dovni.

Qit’a bo’ylab terror xavflari kuchaygach, razvedka va boshqa harbiy amaliyotlarni kuchaytirishga ehtiyoj sezildi.

AQSh qit’adagi ta’sirini kamaytirib, o’z maqsadlarini ochiqlar ekan, shubhalar sekin-asta g’oyib bo’lmoqda, deydi tadqiqotchi Dovni.

“Qo’mondonlikning maqsadlari aniqlashib bormoqda. Vazifasi an’anaviy ko’rinish olar ekan, Afrikadagi mavqei yaxshilanmoqda. Uning nima uchun bu yerda ekanini odamlar yaxshiroq tushunishyapti”, - deydi tahlilchi.

Afrikadagi hamkorlarning harbiy iqtidorini kuchaytirish uzoq muddatli jarayon. AQSh zobitlari qit’a askarlarining professional mahoratini oshirish bilan band. Bu esa kamida o’n yil vaqtni oladigan ish, deydi ular.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG