AQSh Afrikada al-Qoida va unga aloqador jangari guruhlarning tobora kuchayayotganidan xavotirda. Ularga qarshi samarali kurashish maqsadida qit’a shimoli va g’arbida aksil-terror amaliyotlar avjida.
So’nggi haftalarda Malining katta qismi jangarilar nazorati ostiga o’tdi. Nigeriya va Liviyada bombalar portladi, hujumlar uyushtirildi. AQShning Liviyadagi elchisi Kristofer Stivens va yana uch diplomat halok bo’ldi. Bu hodisalar AQSh siyosiy va harbiy doiralarida jiddiy xavotirlarga sabab bo’layotgani shubhasiz.
Mudofaa vaziri Leon Panetta Bing’ozidagi bu hodisani terrorchilar hujumi deya baholadi.
“Buning terror xuruji bo’lganiga shubha yo’q. Konsullik xizmati va fuqarolarimizga terrorchilar hujum uyushtirgan. Tergov ishi esa qaysi terrorchi guruh buni amalga oshirganini aniqlab beradi”, - deydi Panetta.
Bing’ozidagi hujumdan keyin AQSh Liviya va Yamandagi elchixonalariga tezkor desant yuborishga qaror qildi. Undan oldin ham Pentagon Shimoliy Afrika davlatlari hukumatlariga terrorizmga qarshi kurashda yordamlashish uchun maxsus qo’shinlarning kichik bo’linmalarini yuborishni rejalashtirayotgan edi.
Bunday rejalar al-Qoida va unga aloqador guruhlarning mintaqada tobora kuchayayotgan ta’siri borasidagi xavotirlarga javobdir.
AQSh Qurolli Kuchlarining Afrika bo’yicha qo’mondonligi Jorj Bush prezidentligi davrida tuzilgan edi. Maqsad – tahdidni aniqlab, hukumatlarga uni yo’q qilishda razvedka, kuzatuv va treninglar orqali yordam berish. Harbiy rasmiylar doimiy baza ochish rejasi yo’qligini ta’kidlab keladi.
“Bugungi urinishlarimiz va Afrikadagi faoliyatimizga kelsak, Mali va mintaqaning boshqa qismlarida doimiy harbiy baza o’rnatish rejamiz yo’q. Qit’adagi vaziyatni yaqindan kuzatib boryapmiz. Hamkorlarimiz yordamimizga muhtoj bo’lsa, ko’maklashishga tayyormiz,” – dedi Pentagon so’zlovchisi Jorj Littl.
Ammo rasmiylar mintaqa hukumatlari Vashingtondan qanday yordam so’ragani haqida ma’lumot bermayapti.
“Muayyan iltimoslarga kelsak, men bu haqda ochiq gapira olmayman. Hozircha hech qanday bayonot bermoqchimasman. Shuni aytishim mumkinki, biz ehtiyojlarni o’rganishda davom etyapmiz. Mintaqadagi hamkorlarimizga iloji boricha yordam beramiz”, - deydi Littl.
Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazining terrorizm bo’yicha mutaxassisi Ozzi Nelson AQSh Afrikada aksil-terror faoliyatini amalga oshirayotgan tarafga aylanmasligi kerak, deydi.
"Bu maxfiy bo’lmasa ham, nozik masala ekani aniq. Maxsus otryadlardan maqsad mahalliy qo’shinlar uchun mashqlar uyushtirishdan iborat. Biroq operatsiyalarning AQSh qo’shinlari tomonidan amalga oshirilishini hech kim istamaydi, chunki amerikaliklar maslahat berish va treninglar uyushirish bilan cheklanishi, kurashni esa mahalliy hukumatlar olib borishi kerak”, - deydi Nelson.
Amerikaning mintaqadagi manfaatlariga kelsak, tahlilchilar bu borada hamfikr. Vashington terrorchi guruhlarni yo’q qilishda yordamlashishi kerak, lekin ayni vaqtda mahalliy aholiga Amerika ular ishlariga aralashmayotgani va mustaqilligini hurmat qilayotganini namoyish qilsin. Aks holda vaziyat og’irlashadi, deydi bir ovozdan ekspertlar.