Breaking News

AQSh Liviya poytaxtidan diplomatlarini vaqtincha olib chiqmoqda


Amerika elchisi va yana uch diplomatning jasadi vatanga qaytgan kun. Vashington, 14-sentabr, 2012-yil.
Amerika elchisi va yana uch diplomatning jasadi vatanga qaytgan kun. Vashington, 14-sentabr, 2012-yil.
Qo’shma Shtatlar xavfsizlikni ko’zlab Liviyadagi elchixonasidan bir necha xodimini ko’chirmoqda. Bu vaqtincha chora va ular kelasi hafta poytaxt Tripoliga qaytishi mumkin, deydi rasmiylar. Necha kishi, qayerga ketishi haqida ular sukutda.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:58 0:00
Yuklab oling


Oy boshida sharqdagi Bing’ozi shahrida AQSh vakolatxonasi hujumga uchrab, amerikalik to’rt diplomat, jumladan, elchi Kristofer Stivens o’ldirilgan edi.

Qo’shma Shtatlarda ishlangan va islomni mazax qiluvchi film namoyishlarga va qon to’kilishiga turtki bergan.

Amerika Mudofaa vaziri Leon Panetta fikricha, Bing’ozidagi g’alayon terrorchilar qilmishi ekani shubhasiz.

Tergov davom etmoqda va qaysi guruh haqida gap ketayotgani, al-Qoidaga aloqasi bor-yo’qligi endi ayon bo’ladi, deydi Panetta.

Liviya Bosh vaziri etib tanlangan Mustafo Abushagur so’zlariga ko’ra ham tergov oldinga siljimoqda, bu ishni kim qilgani haqida gapirishga erta.

Liviya va Amerika masala ustida birga ishlayapti, deydi u.

Kuni-kecha Davlat kotibasi Xillari Klinton Bing’ozidagi hujumni al-Qoida bilan bog’lagan edi.

Uning aytishicha, guruhga aloqador Islomiy Mag’rib tashkiloti Afrika shimolida o’rnashib olib, Liviya kabi davlatlarda ekstremizm va terrorizmni qo’llab-quvvatlamoqda.

Liviya rahbari Muhammad al-Magarif ham Amerika vakolatxonasiga hamlani “oldindan rejalangan terror xuruji” deya ta’riflagan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG