Liviyaning Bing’ozi shahrida Amerika konsulligi hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim halok bo’lgan. Davlat kotibasi Xillari Klinton voqeani tanqid qilib, o’lganlar yaqinlariga hamdardlik izhor etmoqda. Stivens oxirgi 20 yilda AQShning xorijda o’ldirilgan ilk diplomati.
Elchi Kristofer Stivens Amerikaning eng usta diplomatlaridan biri edi

1
Elchi Kristofer Stivens

2
Elchi Kris Stivens liviyaliklar bilan qo'l berib ko'rishmoqda. Tripoli, 27-avgust, 2012-yil.

3
AQSh elchisi Jon Kristofer Stivens Tripolida Liviya Muvaqqat boshqaruv kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil bilan ko'rishmoqda. 2012-yilning 7-iyuni.

4
Elchi Kristofer Stivens Liviyaning Bing'ozi shahrida muxolifat yetakchilari va Afrika Ittifoqi delegatsiyasi uchrashuvida, 2011-yilning apreli.