Davlat departamenti Liviyaning Bing’ozi shahrida AQSh vakolatxonasiga hujumdan oldin xatolarga yo’l qo’yganini tan olmoqda.
11-sentabr kungi hamlada elchi Kristofer Stivens va yana uch amerikalik jon bergan edi. Davlat kotibi muovinlari Vilyam Berns va Tomas Nayds kecha Senatdagi tinglovda hisobot berib, terror hujumi oldidan ehtiyot choralarini ko’ra olmadik, dedi.
Mustaqil kengash Bing’ozidagi fojeani tergov qilib, xavfsizlik tizimi talabga javob bermagan deya xulosa qilgach, hafta boshida Davlat departamentida xavfsizlik bo’yicha mas’ul bir necha rasmiy ishdan ketgan.
“AQShning yuzlab diplomatlari dunyoning turli burchaklari, xatarli nuqtalarda xizmat qilmoqda. Ularni himoya qilish uchun bexato chora ko’rishimiz shart”, - deydi Tomas Nayds.
Senat Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi Jon Kerri nazarida Bing’ozida AQSh vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumda Kongress ham qisman aybdor.
“O’zaro bahs va tortishuvga berilib, mudofaa uchun mablag’ va kadrlar vaqtida taqsimlanishini ta’minlashga ojizlik qildik”, - deydi senator.
“Amerika tashqi siyosati uchun ajratilgan pul xarajat emas, balki xavfsizlikka sarmoyadir. AQSh diplomatlari notinch dunyoda to’laqonli ishlay olishi uchun investitsiyani ayamaslik kerak”, - deydi Jon Kerri.