Ismoil Bi – Syerra Leonedan. Urush boshlanganida harbiy bazada boshpana qidirgan. Lekin jangarilar unga qurol berib, Afrikaning eng shafqatsiz urushlaridan birida qatnashishga majbur qilgan. Oradan deyarli 20 yil o’tgach, o’z hayoti haqida kitob chiqargan va hozirda Nyu-Yorkda yashayotgan Bi askar bolalar bilan ishlayapti. Ularni urush azobidan qutqarmoqchi.
Ismoil Bi qo’til bo’laman deb hech o’ylamagan edi. 1990-yillarda Syerra Leoneni ikkiga ajratib qo’ygan urushdan qochishni istagan xolos. Ota-onasi va ikki akasi o’ldirilganidan keyin qon va jasadlarga to’lgan daryolardan bosh olib uzoq-uzoqlarga ketmoqchi bo’lgan.
Lekin boshqa yetim bolalarga o’xshab jangarilar to’dasiga olib kelingan. Qo’mondonlar uning qo’liga miltiq berib odam o’ldirishni o’rgatgan. Yoshim 13 da edi o’shanda, deydi Ismoil.
“Zo’ravonlik hayotga aylandi. Muammoni hal qilish yo’liga. Meni bunga majburlashgan. Buyruqni bajarmasang, otib tashlaymiz, deyishgan. Ayrimlar shu tariqa o’ldirib yuborildi. Mana buni ot, desa, otardim, chunki aks holda, meni o’ldirishardi. Vaqt o’tgan sari bunga ko’nikdim. Boshida juda qo’rqar, asabiylashar edim. Asta-sekin yangi hayotga o’rgandim”.
Qo’mondonlar qanchalik shafqatsiz bo’lmasin, Ismoil uchun ular oila edi. Eng yomoni mahbuslarni pichoq bilan o’ldirish edi, deydi yigit.
“Shunchaki pichoqlamasdik. Bizni o’sha odam ko’ziga qarab turib, pichoq sanchishni o’rgatishgan. Asta-sekin jon bergunicha ko’zni olib qochish mumkin emasdi. Hech esdan chiqmaydi. Bunday taassurot siz bilan abadiy qoladi. Qochayotgan odamni otib o’ldirish boshqacha bo’ladi. Lekin ko’ziga qarab turib jonini olish boshqa narsa. Boshida ha, mana, men bunday qildim, deb bir-birimizga maqtanardik. Keyinchalik bu eng qiyin narsaga aylandi”.
Yaqinda Bi UNICEF - BMT Bolalar jamg'armasi orqali 10 kun davomida Markaziy Afrika Respublikasida askar bolalar bilan ishladi. Urushda jang qilib omon qolgan bolalarning yarmidan ko’pi – afrikaliklar. Bolalar qiyin savollarni o’rtaga tashladi, deydi Ismoil.
“Ular mendan qayta-qayta so’ragan savol - “Bunday hayotni ortda qoldirish mumkinmi?” Men “ha, mumkin”, dedim. Albatta, juda qiyin bo’lishini aytdim. Qo’lida qurol bo’lishiga, har narsani qurol yordamida hal etishga o’rgangan bola uchun oddiy hayotga qaytish oson bo’lmasligi aniq. Chidash kerak”.
Hayotini yangidan boshlagan Ismoil 1998-yilda AQShga ko’chib keldi, o’qishga kirdi. Zo’ravonlik jamiyat tanlamaydi, deydi u.
“Yaqinda Londonda kuzatilgan hodisalarni oling. Zo’ravonlik faqatgina fuqaroviy urush davrida emas, balki tinch jamiyatlarda ham boshlanishi mumkin. Aholining muayyan qismi e’tiborsiz qoldirilsa, bir kunmas bir kun ular haqqini talab qilib bosh ko’taradi. Aksariyat hollarda zo’ravonlik boshlanadi. Qon to’kiladi”.