Breaking News

Yevropa va Rossiya olimlari Marsdan hayot alomatlarini qidirmoqda


Marsda hayot alomatlarini qidirayotgan fazo kemasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

Marsni tadqiq qilish oson kechayotgani yo'q. Ammo bu olimlarni bir savol ustida izlanishdan to'xtatmayapti: Marsda hayot bo'lganmi? Agar javob ijobiy bo'lsa, koinotda biz yolg'iz mavjudot emasmiz, degan xulosaga kelish mumkin. Yevropa Fazo agentligi samoda hayot borligini ko'rsatuvchi gazlarni tadqiq qilmoqda.

2016-yil Yevropa Fazo agentligi va Roskosmos o'rtasidagi qo'shma loyiha muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ular tayyorlagan qurilma Marsga qulab tushib, Yerga biror ma'lumot jo'nata olmadi.

Ammo uni Marsga jo'natgan asosiy fazo kemasi hanuz ishlamoqda. Olimlar endi u orqali Mars yuzasidan metan va boshqa gazlarni qidirmoqchi.

400 kilometrlik masofadan turib buni amalga oshirish oson emas.

"Metanning borligi geologik hodisami yoki biologik? Buni aniqlash xuddi Sherlok Xolms ishidek murakkab", - deydi tadqiqotchi Jorj Vago.

Qurilma harakatida ham nozik o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. Uning hozirgi tezligi bilan Mars yuzasini tekshirish juda qiyin. Uni sekinlashtirish kerak bo'ladi.

Havo kemasining yoqilg'isini tejash maqsadida olimlar tezlikni kamaytirishda Mars atmosferasidan foydalanmoqchi.

"Jiddiy hisob-kitob qilish kerak. Biz uchayotgan balandlikda atmosfera qalin bo'lishi bilan birga, havo kemasi xavfsizligi ham ta'minlanishi kerak", - deydi loyiha rahbarlaridan biri.

Shu yil oxirigagacha Marsdagi gazlar haqida ilk ma'lumotlar kelishi kutilyapti.

Bu orada Yevropa va Rossiya fazo agentliklari Marsga qo'nadigan yangi qurilma ustida ishlashyapti. Yangi parvoz 2020-yilga mo'ljallangan.

"Biz qo'nish uchun millionlab yillar davomida suv bo'lgan hududni topmoqchimiz. Bu hududni biz Amsterdamdagi kanallar kabi sekin oqadigan suv yoki kichik energiya manbai deb ataymiz", - deydi Vago.

Olimlar faraziga ko'ra, milliardlab yillar ilgari Mars yuzasi xuddi yerda hayot endi boshlangan paytdagidek bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG