Breaking News

AQShda oraliq saylovda Bayden erta ovoz berdi


Jo Bayden saylov uchastkasiga 18 yashar nabirasini olib keldi. Natali ilk bor ovoz berdi.
Jo Bayden saylov uchastkasiga 18 yashar nabirasini olib keldi. Natali ilk bor ovoz berdi.

8-noyabr kuni AQSh Kongressiga oraliq saylovlar o’tkaziladi. Ayrim fuqarolar, jumladan Prezident Jo Bayden erta ovoz berdi. Davlat rahbari bilan Vilmington (Delaver shtati) shahridagi saylov uchastkasiga uning ilk bor ovoz bergan nabirasi Natali Bayden ham bordi.

Xalqaro hayot - 31-oktabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:33 0:00

Ayrim shtatlarda amaldagi qonunchilar o’z o’rnini saqlab qolishi bashorat qilinyapti, Jorjiya kabi shtatlarda esa tortishuv murosasiz kechishi kutilyapti.

Demokratik partiya Vakillar palatasi va Senatdagi hukmron mavqeini saqlab qoladimi yoki Respublikachilar partiyasi hokimiyatni qo’lga olib, Prezident Bayden boshqaruvini qiyinlashtirishga harakat qiladimi?

Abort huquqi saylov kun tartibidagi asosiy mavzulardan.

“Abort masalasiga kelganda men nasroniyman, insonning tug’ilishga haqqi bor deb hisoblayman. Jorjiya shtati hayotni qadrlaydigan xalq, men ham hayotni qadrlaydigan senator bo’laman”, - deydi respublikachilardan AQSh Senatiga nomzod Xershel Uoker.

Uning demokrat raqibi, amaldagi senator Rafael Uornokning aytishicha, davlat abort masalasiga aralashmasligi kerak.

“Mijozning xonasi kichik va tor bo’lib, homilador ayol va shifokordan tashqari AQSh hukumatiga bu xonada joy yo’q. Hozir hamma siyosatchilar, aksariyati erkaklar bemorlar xonalariga tiqilishib olishgan”, - deydi u.

Yaqinda demokratlarning Senatdagi sardori Chak Shumerning Prezident Baydenga partiya Jorjiyada saylovlarni boy berishi mumkinligi haqidagi gapi mikrofon ochiq qolgani sabab jamoatchilikka ayon bo’ldi.

“8-noyabr kuni demokratlar inflyatsiya va jinoyatchilikning yuqoriligi, chegaralarning ochiqligi Amerika xalqiga manzur emasligini anglab yetishadi deb o’ylayman”, - deydi respublikachi senator Rik Skott.

Demokratlarning umid qilishicha, respublikachilarning abort amaliyotiga qarshiligi saylovchilarni ovoz berishga undab, partiyaning hokimiyatda qolishiga yordam beradi.

“Abort huquqi juda katta mavzu, asosiy erkinliklardan biri hisoblanadi. Abort masalasida kim qaror beradi – homilador ayol va uning shifokorimi yoki Vashingtonda o’tirgan siyosatchilarmi?”, - deydi demokratlardan senatorlikka da’vogar Sheri Bizli.

Amerika tarixida prezidentlikni qo’lga kiritgan partiya oraliq saylovlarni tarixan boy berib kelgan. Kuzatuvchilarga ko’ra, 8-noyabr kuni an’ana saqlanib qoladigan ko’rinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG