Breaking News

Al-Shabab AQShdagi Somali yoshlarini o'z safiga og'dirmoqda


Al-Shabab AQShdagi Somali yoshlarini o'ziga og'dirmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:30 0:00
Keniya poytaxti Nayrobidagi yirik savdo majmuasiga Al-Shabab jangari guruhi uyushtirgan hujumda amerikaliklarning ishtirok etgan yoki etmagani hali noaniq bo’lsa-da, Minnesota shtatida yashovchi somaliliklar orasida bu to’daga qo’shilganlar bor. AQShda ulg’ayayotgan yoshlar nima uchun bu yo’lga kirmoqda?

Hoshim Yunus Amerikani vatani deb biladi. U hozir Minnepolis shahridagi Obodonlashtirish idorasi raisligiga o’z nomzodini qo’ygan.

U, shuningdek, bu yerda yakkalanib qolgan boshqa somalilik yoshlarga yordam beradi.

“Mening yoshimdagi avlodni boy berilgan avlod deb atayman. Ular an’anaviy Somalining bir qismi emas. Bu yoshlarning hozir bir oyog’i Amerikada bo’lsa, bir oyog’i Somalida”, - deydi Yunus.

Bu yerdagi yosh somaliliklarning aksariyati urushdan qochib kelgan qochoqlarning farzandlari. Ularning Amerika hayotiga ko’nikishi qiyin kechmoqda. Ba’zilari maktabni ham tashlab qo’ygan. Ish topolmay, jinoiy guruhlarga qo’shilganlari ham bor.

Minnepolis shahar kengashida ishlovchi Nimko Ahmadning aytishicha, urush va surgun an’anaviy oila institutini buzib tashladi.

“Otadan ayrilgan yoshlar. Ular yo boshqa yerda yo olamdan o’tgan. Bolalar uchun otasiz o’sish jiddiy muammo. Biz bundan hanuz qiynalyapmiz”, - deydi u.

Efiopiyaning 2007-yilda Somaliga bostirib kirishi, bu hatto muvaqqat hukumati iltimosi va Afrika Ittifoqining qo’llab-quvvatlovi asosida amalga oshirilganiga qaramay, jamoatchilik tomonidan milliy suverenitetga tahdid sifatida ko’rildi.

Din va millatchilik g’oyalarini bayroq qilib olgan Al-Shabab guruhi tashqi kuchlarga qarshi kurashish maqsadida hozirgacha AQShdan kamida 20 nafar somali yoshlarini o’z qatoriga jalb etgan.

AQShdagi somaliliklar jamiyati vakili Husayn Egal bu yoshlar aldandi, deydi.

“Masalaning asl sababi haqida, bu odamlarning nega ortga qaytib, xarob bo’layotgan bir davlatning sharafi va suverenitetini himoya qilishga bel bog’lagani haqida so’ramayapmiz”, - deydi u.

Ammo ko’pchilikning qarashi shuki, Al-Shabab yoshlarning boshini aylantiryapti. Yunus kabi faollar esa yoshlarning terrorchi guruhlarga qo’shilishining oldini olish maqsadida somaliliklar uchun yaxshiroq ta’lim va boshqa imkoniyatlarni yaratish hamda ularning Amerika jamiyatiga chuqurroq qo’shilib ketishlarini ta’minlash yo’lida harakat qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG