AQSh 20 yillik tanaffusdan keyin Somali hukumatini tan olib, bu davlat bilan diplomatik aloqani tiklamoqda. Bu degani, Somali al-Qoida bilan kurashish uchun endi Amerikadan ko’mak oladi.
Afrika tinchlikparvar kuchlari poytaxt Mogadishu ko’chalarini qo’riqlaydi. Somalining yangi hukumati mamlakatni o’nlab yil davom etgan urush va alg’ov-dalg’ovdan olib chiqish harakatida.
Bu davlat prezidenti Hasan Shayx Mahmud ayni paytda Vashingtonda mehmon. Oq uyda Barak Obama, so’ngra Davlat departamentida bo’lib, Tashqi ishlar vazirasi Xillari Klinton bilan muloqot qildi.
“Somali mashaqqatli davrni boshidan o’tkazdi. Beqarorlik, ekstremizm va qaroqchilikka chek qo’yib, endi tinchlik va taraqqiyot tomon yurayapmiz”, - deydi Shayx Mahmud.
Obama ma’muriyati Somali hukumati siyosat va xavfsizlik bobida erishgan yutuqlarni tahsinga sazovor deya ta’riflaydi. Ikki davlat diplomatik munosabatlarni qayta yo’lga qo’ymoqda.
“Somali xalqi va rahbarlari uchun bu yutuqlarga erishish oson kechgani yo’q, oldinda ham ishlar ko’p. Lekin yangi, porloq kelajak poydevori qurilayotganiga guvoh bo’lib turibmiz”, - dedi Xillari Klinton, diplomatik notalarni qabul qilish marosimida.
Afrika sharqida joylashgan Somali boshqaruvi ishdan chiqqan davlatlar sirasiga kiradi. 1991-yilda islomiy jangarilar hukumatni ag’dardanidan so’ng urush avj oldi. BMT vositachiligidagi harakatlar natijasida va nihoyat o’tgan yili yangi hukumat tuzildi.
1993-yilda jangarilar poytaxt Mogadishuda AQShning ikki vertolyotini urib tushirib, askarlar jasadini shahar ko’chalari bo’ylab sudragani butun dunyoni larzaga solgan edi.
Bugun ta’lim va sog’liqni saqlash tizimlari tiklanar ekan, qochqinlar qo’shni mamlakatlardan sekin-asta vatanga qayta boshlagan.
Shu bilan birga, al-Qoidaga aloqador al-Shabab terror guruhiga qarshi kurash davom etyapti. Somali hukumati Afrika tinchlikparvar qo’shinlari yordamisiz bu vazifani uddalashi qiyin.
Xillari Klintonning aytishicha, xalqaro hamjamiyat ham o’z yordamini ayamaydi.
“Terroristlar tinim bilmaydi, so’nggi kunlarda Afrika qit’asida ro’y bergan voqealar bunga dalil. Ulardan kelayotgan tahdidga ochiq ko’z bilan qaraymiz”, - deydi u.
Xalqaro tadqiqotlar markazi olimasi Jennifer Kuk Somalidagi ahvolni quyidagicha ta’riflaydi:
“Prezident Hasan Shayx Mahmud ma’muriyati o’ta xavfli va qaltis bir sharoitda faoliyat olib borayapti. Islomiy jangarilar katta hududlardan siqib chiqarilgani rost, lekin ular poytaxtni yana qo’lga olishi hech gapmas”.
Korrupsiya, klanchilik va qabilaviy munosabatlar ham bu jamiyatning ajralmas qismi.
“Davlat rahbari o’sha siyosiy muhitni jilovlashga harakat qilayotgan bir shaxs xolos. Yangi hukumat xalq ishonchiga loyiq ekanini namoyish etish uchun imkoniyat bor, lekin vaqt oz”, - deydi olima.
Diplomatik aloqalar tiklanishi Somali uchun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va boshqa moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikka yo’l ochadi.