Breaking News

Fransiya piyoda qo’shini Malida keng ko’lamli amaliyot boshladi


Fransiya piyoda qo’shinlari Malida keng ko’lamli operatsiya boshlab, jangarilar nazorati ostidagi shimoliy tumanlarga yaqinlashmoqda. Bugun askarlar Niono shahriga kirib borgan.

Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Mali uchun jang uzoq davom etishini aytib, qo’shinlar poytaxt Bamakodan isyonchilar qo’lidagi shimoliy shaharlar tomon siljimoqda, deydi.

Shu paytgacha fransuz zobitlari Bamako ahli, yevropalik fuqarolar himoyasi bilan band bo’lsa, endi jangga faol kirishmoqda, deydi vazir.

Mali iltimosi bilan Fransiya o’tgan juma askar yuborgan va hozir ham harbiy aslaha jo’natish jarayoni davom etmoqda. Rasmiy Parij jami 2500 askar safarbar etmoqchi.

Qo’shni Nigeriya bugun 190 harbiy yuborishi kutilyapti. Shimoldagi ektremistlarni jilovlash uchun G’arbiy Afrika davlatlaridan Maliga 3300 kishilik qo’shni borishi kerak.

O’tgan yil boshida armiya to’ntarish sodir etganidan foydalangan al-Qoida Mali shimolini egallab olgan. Hududda keskin sha’riy qoidalar joriy etgan.

Mali xalqaro hamjamiyatdan yordam so'radi:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG