Breaking News

Klinton Jazoirni Maliga qo'shin jo'natishga undadi


Isroil
Isroil
AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Jazoirga safar qilib, qo’shni Malida islomiy jangarilarga qarshi kurash xususida fikr almashgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:00 0:00
Yuklab oling

Klinton Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika bilan muloqot chog’ida uni Malida jangarilarga qarshi kurashishga hozirlanayotgan G’arbiy Afrika kuchlariga qo’shilishga da’vat etgan.

Malida mart oyida davlat to’ntarishi oqibatida islomiy jangarilar mamlakat shimolini o’z nazoratiga olgan.

Klintonning aytishicha, al-Qoida va boshqa ekstremistik guruhlar Shimoliy Afrikadagi demokratik jarayonlarga to’siq bo’lmoqda. Davlat kotibiga ko’ra, Liviyaning Bing’ozi shahrida AQSh konsullik xizmatiga hujum va elchining o’limi ortida ham shu guruhlar turibdi.

G’arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Malini jangarilardan tozalash, mahalliy armiyani tiklash va tinchlikni o’rnatish uchun 3000 qo’shin yuborishni taklif qilmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi rejani ma’qullab, hamjamiyatdan noyabr oxirigacha tafsilotlarini tayyorlashni so’ragan.

Ayrim xabarlarga ko’ra, qo’shinlar noyabr oxiri-dekabrda Maliga kiritilishi mumkin.

G’arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati, Afrika Ittifoqi, Mali va qo’shni davlatlar rasmiylari ertadan boshlab reja tafsilotlari ustida ish boshlaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG