Breaking News

Beqaror Somalida yangi parlament ishga tushdi


Somali poytaxti Mogadishu, parlament binosi.
Somali poytaxti Mogadishu, parlament binosi.
Somalida yangi parlament bugun qasamyod keltirib, davlat doimiy hukumatga ega bo’lish yo’lida olg’a qadam tashladi. Parlament oldida qilinadigan ishlar ko’p, xususan, prezident saylovlariga taraddud ko’rish kerak.

Somalida yangi parlament, Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00
Yuklab oling


Somali yangi parlamenti a’zolarini alohida qo’mita oqsoqollar bilan maslahat qilgan holda, so’nggi bir necha hafta davomida tanlagan.

Organ 275 o’rindan iborat. Hozircha faqat 225 deputat aniq.

Korrupsiya, jangarilarga aloqadorlik, lavozimga munosib emaslik kabi tanqidlar sababli qo’mita taxminan 60 nomzodni rad etgan.

Somalining BMTdagi vakili Avgustin Maxiga so’zlariga ko’ra, qolgan o’rinlar tez kunda to’ldiriladi. “Umid qilamizki, yaqin kunlarda deputatlar safi, spiker va prezident ismi sharifi ayon bo’ladi”, - deydi rasmiy.

Somalida prezidentlikka da’vogar 24 arbobdan biri, sobiq bosh vazir Muhammad Abdullahiy Farmajo yangi parlamentni olqishlamoqda.

“Deputatlar ko’p jihatdan yangicha fikrlaydigan odamlar ekaniga ishonchim komil. Ayrimlari siyosatga endi qadam qo’ymoqda. Boshqalari uzoq yillik tarjibasi bor sobiq qonunchilar”, - deydi nomzod.

Somali 2004-yildan beri muvaqqat hukumat qo’lida. Biroq bu rahbarlar so’zi o’tmasligi bois tanqidga uchrab keladi. BMT vositachiligida ishlab chiqilgan rejaga ko’ra, mulozimlar bugun yangi prezident nomzodi borasida ham bir to’xtamga kelishi kerak, biroq haligacha aniq javob yo’q.

Shunday ekan, Somalida muvaqqat hokimiyat ishini davom ettiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG