Breaking News

Mursiy Assadni zulmda aybladi, Eron norozi


Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'ngda) Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, Tehron, 30-avgust, 2012-yil.
Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod (o'ngda) Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, Tehron, 30-avgust, 2012-yil.
Bugun Misr prezidenti Muhammad Mursiy ilk bor Suriyadagi vaziyatga baho berdi.

“Bashar al-Assad hukumati zug’umchi, boshqaruvni demokratik tuzumga topshirish kerak”, - dedi Mursiy.

Misr rahbari bu haqda Tehronda bo’layotgan Qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar sammitida so’zlagan.

Uning aytishicha, dunyo Suriya xalqiga yordam berishi shart. Suriyadagi voqea, Mursiy nazarida, mintaqadagi inqilobiy jarayonlarning davomi.

Misr prezidentining bu nutqiga norozilik sifatida Suriya delegatsiyasi anjuman bo’layotgan zalni tashlab chiqqan. Sammitda ishtirok etayotgan Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx a’zo davlatlarni Suriyada mojaroga barham berishda faol bo’lishga chaqirgan.

Sammit mezboni Eron Assadning eng yaqin ittifoqchilaridan bo’lib, Suriya hukumati kabi isyon ortida xorijiy davlatlar yordamida harakat qilayotgan terrorchilar turibdi, degan fikrda.

Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi bu mamlakatdagi gumanitar ahvolni muhokama qilmoqda.

Bu o’rtada Suriyada armiya va isyonchilar o’rtasida janglar davom etmoqda. Turkiya chegarasiga yaqin Idlib viloyatida muxolif kuchlar qiruvchi samolyotni urib tushirganini aytmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG