Breaking News

Suriyadan qochayotganlar soni kun-sayin oshmoqda


Iordaniyadagi qochqinlar shaharchasi.
Iordaniyadagi qochqinlar shaharchasi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo’yicha agentligi ma’lumotiga ko’ra, so’nggi kunlarda Suriyadagi zo’ravonliklardan qo’shni Iordaniyaga qochayotganlar soni ikki karra oshgan.

O’tgan bir haftada - 10 200 odam. Agentlik so’zlovchisi Melissa Flemingning aytishicha, Iordaniya shimolidagi lagerga kelayotganlar, asosan, Dar’o viloyatidan.

Ular chegaradan o’tayotib o’qqa tutilgan, deydi Fleming. 30-iyulda ochilgan Zaatri lagerida 22 mingdan ziyod odam jon saqlamoqda.

BMT hisobicha, Suriyada mojaro kuchaysa, yana 200 ming odam Turkiyaga bosh olib ketishi mumkin. Ayni damda bu mamlakatda ro’yxatga olingan qochqinlar 74 mingni tashkil etadi. Ular to'qqiz lagerda yashaydi. Turkiya hukumati, har ehtimolga qarshi, yana besh lager qurmoqda.

So’nggi 24 soatda Turkiyaga 3000 dan ziyod suriyalik o’tgani aytiladi.

"Assoshieytid Press" axborot agentligi xabariga ko’ra, bugun poytaxt Damashq va tevaragi uzra harbiy vertolyotlardan varaqalar tashlanib, jangarilar qurolini topshirishga da’vat etilgan.

“Armiya Suriyaning har bir qarich yerini tozalashga shay. Qurolni tashlang, aks holda sizni o’lim kutmoqda” deyiladi varaqalarda.

Suriya hukumati nazarida 17 oylik isyon ortida Saudiya Arabistoni, Qatar, AQSh, Turkiya va boshqa davlatlar turibdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG