Breaking News

Iordaniyada suriyalik qochqinlar uchun lager ish boshladi


Suriyalik qochqinlar
Suriyalik qochqinlar
Iordaniya Suriyadagi zo’ravonliklardan qochgan odamlarga boshpana berish uchun chodirli lager tashkillashtirgan. U yerda 142 mingdan ziyod suriyalik bor.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Nosir Judaning aytishicha, mamlakatga kuniga ikki ming qochqin kelmoqda.

Turkiyada esa 44 mingdan ziyod suriyalik jon saqlamoqda.

Bu o'rtada Suriya armiyasi Aleppo shahrida isyonchilarga qarshi hujumlarni davom ettirmoqda. Tank va artilleriya shaharning janubi-g’arbiy tumanlarini nishonga olgani aytilmoqda. Aleppo yirik tijoriy markaz bo’lib, strategik jihatdan muhim manzil hisoblanadi.

Suriya muxolifati BMT Xavfsizlik Kengashidan Aleppo masalasi bo’yicha favqulodda majlis qilishni so’ramoqda, aks holda, deydi isyonchilar, Bashar al-Assad hukumati shaharni yer bilan yakson qiladi.

Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim ittifoqdosh Eronga tashrif buyurib, Aleppo davlatga qarshi bosh ko’targan isyonchilardan tozalanadi, deb aytgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Ali Akbar Solihiyning aytishicha, Assad hukumatining qulashi mintaqa va dunyo uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.

"Yangi hukumat osonlikcha ishga tushadi, deb o’ylash noto’g’ri", - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG