Misr sobiq prezidenti Husni Muborak sud qarori bilan qamoqdan ozod etilgan, ammo Bosh vazir Hazim al-Biblaviy buyrug’iga binoan uy qamog’ida saqlanadi.
85 yoshli Muborak bugun vertolyotda Qohiraning Tora turmasidan harbiy kasalxonaga ko’chirilgan.
U yuzlab namoyishchilarning o’limida va korrupsiyada aybdor deb topilgan va umrbod qamoqqa mahkum etilgan edi. Hukm qayta ko'rib chiqilar ekan, sud uni panjara ortida saqlamaslikka qaror qilgan.
So’nggi ikki haftada mingdan ziyod odam halok bo’lgan Misrda vaziyat hamon qaltis. “Musulmon Birodarlar” harakati yetakchilaridan ko’pi hibsda yoki qidiruvda.
Islomiy guruh tarafdorlari va, umuman, 2011-yilgi inqilobda qatnashganlar orasida Husni Muborakning ozod etilishi kuchli norozilik uyg’otmoqda.
Lekin Misr razvedka organlarida ishlagan general Samih Sayf al-Yazal fikricha, Muborakning ishi qonun doirasida ko’rib chiqilmoqda.
“Uning advokatlari Oliy sudga murojaat qilgani bois ishi qayta ko’rib chiqilmoqda. Hech bir qonun buzilayotgani yo’q”, - deydi u.
Misr oldinga siljiyaptimi yoki mamlakat “Musulmon Birodarlar” faoliyati man etilgan o’tmish sari qadam tashlayaptimi, deb so’rayotganlar ham ko’pchilik.
Taniqli inson huquqlari faoli Saad Iddin Ibrohim Muborak davrida uch marotaba qamoqda o’tirib chiqqan. Hozirda Ibn Xaldun tadqiqot markazini boshqaradi.
“Nima bo’lsada, sud qarori hurmat qilinishi kerak. Menga ko’p azob berishgan bo’lsa-da, Husni Muborak va uning oilasiga odamning rahmi keladi. Nazarimda, u jazosini olib bo’ldi, axir 85 yoshda u. Muvaqqat rahbar Adli Mansur Muborakni ham, yaqinda hokimiyatdan ag’darilgan Muhammad Mursiyni ham avf etishi kerak. Hayotimizni yangi sahifadan boshlab, yosh avlodga imkoniyat beraylik”, - deydi Ibrohim.
Ommabop saytlarda tahlilchi Daliya Mogahed quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi: Millionlab misrliklar nobop prezidentdan qutulish uchun armiyani ishga soldimi, yoki armiya millionlab fuqaro xayrixohligidan foydalanib prezidentdan qutuldimi?