Breaking News

Tolibon Mulla Umar tirik ekanini ma'lum qildi


Tolibon Mulla Umar tirik ekanini ma'lum qildi
Tolibon Mulla Umar tirik ekanini ma'lum qildi

Afg'onistondagi Tolibon harakati Pokistonda rahbari Mulla Umarning o'ldirilganini inkor etmoqda. Jangarilarning aytishicha, bu uydirma va propagandadir.

"Mulla Umar sog'-salomat, Tolibon operatsiyalarga bosh-qosh", - deydi harakat so'zlovchisi.

"Tolo" afg'on axborot agentligining xabar berishicha, Mulla Umar Pokistonning Kvetta shahridan Shimoliy Vaziristonga ko'chayotgan payt maxsus kuchlar tomonidan o'ldirilgan.

Afg'on xavfsizlik kuchlari rahbari Latifulla Mashalning aytishicha, Umar Kvettada yashayotgan edi, ammo so'nggi 4-5 kun ko'rinmagan.

"Uning na o'likligini, na tirikligini tasdiqlay olamiz", - deydi u.

Qo'shma Shtatlar uning boshiga 10 million dollar mukofot puli qo'ygan.

"Tolo" agentligiga ko'ra, Mulla Umarning Shimoliy Vaziristonga ko'chisida Pokiston razvedkasining sobiq rahbari Hamid Gul yordam bergan.

Bugun Afg'oniston sharqida NATO askarlari bombaga duch kelib, to'rt nafari o'lgan. Hududdagi Lag'mon viloyatida ro'y bergan yana bir xurujda to'rt kishi o'lgan, 14 nafari yaralangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG