1994-yilda hokimiyatni ag'darishga urinish aybi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq deputatning jazo muddati shu bilan to'rtinchi bor uzaytirilmoqda. Bu borada bo'lib o'tgan sud jarayoni haqida Parijda joylashgan Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkiloti xabar tarqatdi.
Tashkilot rahbari Nadejda Atayeva deydiki:
“Amnistiya haqidagi qaror beshinchi dekabr kuni chiqqan bo'lsa, Murod Jo'rayev ustidan sud 4-dekabr kuni, kechki soat yettilarda o'tkazilgan. Bu sud tizimining siyosiy mahbuslar taqdirini hal qilishda hokimyatga qanchalik bo'ysunishini ko'rsatuvchi yaqqol isbotdir, - deydi Nadejda Atayeva. - Favqulodda o'tgan bu sudda advokat ham, mahbusning yaqinlari ham qatnasha olmagan. Jo'rayevda sudning advokatsiz o'tishiga rozilik berishdan boshqa imkoniyat ham qoldirilmagan ”.
Qamoqxonada bo'lgan sud Murod Jo`rayevni ichki tartiblarni buzish, jumladan, yong'in xavfsizligiga amal qilmaslik, obodonlashtirish ishlariga qatnashmaslik kabi tartibbuzarliklarda aybdor topib, unga uch yillik jazo muddatini qo'shib bergan.
Bu bilan 1994-yildan beri qamoqda o'tirgan sobiq deputat Murod Jo'rayevning jami jazo muddati 21 yilga cho'ziladi.
Nadejda Atayevaning aytishicha, Murod Jo'rayev deputatlik faoliyati davomida jamoatchilik ishonchini qozongani, muxolif harakatlarni qo'llab-quvvatlagani, qamoqxonada ham o'z e'tiqodiga sodiq qolayotgani uchun amaldagi rejimda xavotir uyg'otadi.
“Deputat sifatida Murod Jo'rayev O'zbekistonda oshkoralik uchun kurashgan. U xalq o'z muammolarini ochiq ayta olishi, bu muammolar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati o'rnatilishini istardi. Bu intilishlar uning aholi o`rtasidagi obro'sini keskin oshirdi. Shuning uchun ham Murod Jo'rayev brinchilardan bo'lib repressiyaga tushdi. Tazyiqlarga qaramasdan, 18 yildan buyon o`z etiqodida sodiq qolayotgan kuchli shaxs”, - deydi Atayeva.
O'zbekistonda amnistiya e'lon qilinishi munosabati bilan bir guruh xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O`zbekiston hukumatidan siyosiy mahbuslarni biror shartlarsiz ozod etishni talab qilgan edi. Xalqaro tashkilotlar siyosiy mahbuslar ozod etilishini hukumat ta'kidlab kelayotgan demokratik o'zgarishlar misoli sifatida ko'rishga umid qilayotgan edi.
“Jo'rayev ustidan o'tgan sud xalqaro tashkilotlarning murojaati O'zbekiston hukumati va shaxsan prezident Islom Karimov tomonidan ahamiyatsiz qoldirilayotganidan darak bermoqda”, - deydi Atayeva.
Huquq faoliga ko'ra, siyosiy fikri uchun 18 yildan buyon qamoqxonada qolayotgan Murod Jo'rayev taqdiri avtoritar boshqaruv uchun fuqarolar hayoti, qadr-qimmati umuman ahamiyatsiz ekanini ko'rsatadi.
“Murod Jo'rayev qamoqqa olinganda, uning kichik farzandi 2 oylik edi. Hozir u 19 yoshda. Uning mehnat, ta'lim olish, harakatlanish huquqlari cheklangan. Xuddi onasi kabi bu bola ham Milliy Xavfsizlik Xizmatining doimiy nazorati ostida yashaydi. Murod Jo'rayevga yana uch yil qo'shib berilgani haqidagi xabar uning turmush o'rtog'ini butunlay oyoqdan yiqitdi. Bu ayol erining taqdirini xuddi o'ziniki kabi qabul qilgan fidoyi bir inson”, - deydi Nadejda Atayeva.
Markaziy Osiyo inson huquqlari tashkilotiga ko'ra, Murod Jo'rayevning sog'lig'i tashvishli darajada yomonlashgan.