O’zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan e’lon qilingan an’anaviy amnistiya bir necha o’n ming mahbus hayotini yengillashtirishi tabiiy. Ayrimlari hatto ozodlikka ham chiqadi. Ammo inson huquqlari faollariga ko’ra, ular orasida siyosiy va diniy mahbuslarning bo’lishi amri mahol.
Markaziy Osiyo Inson huquqlari uyushmasi rahbari Nadejda Atayevaning aytishicha, amnistiya odatda mahbuslarning bunday toifasini chetlab o’tadi.
O’tgan yilgi raqamlarga murojaat etadigan bo’lsak, Konstitutsiya kuni munosabati bilan 45 mingdan ziyod odam amnistiya qilingan. Aksariyatining qamoq muddati qisqargan, ikki mingi ozod etilgan.
Mahbuslar, odatda, Konstitutsiya kuni va Mustaqillik bayramlarini orziqib, umid bilan kutadi. Ammo siyosiy va diniy mahbuslar marhamatni amnistiyadan emas, xorijiy davlatlar va ularning yuqori lavozimli rasmiylaridan kutadi.
Masalan, taniqli huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyeva, dissident-shoir Yusuf Juma yoki tadbirkor va muxolifat yetakchisi Sanjar Umarovning ozod etilishlarida Qo’shma Shtatlarning bevosita hissasi bor. Amerika rasmiylarining aralashuvisiz bu insonlar ozodlikka chiqmagan bo’lardi.
Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo’yicha oliy vakili Ketron Eshton O’zbekistonga otlanganida inson huquqlari faollari undan respublika rahbariyati bilan uchrashuvlari chog’ida inson huquqlari ahvolini ko’tarishni so’ragan.
Nadejda Atayevaning aytishicha, Eshton faollar uchun quloqlarini yopmadi, biroq natijani tez kutish kerak emas.
"Yuqori darajadagi bunday uchrashuvlar samarasini sezish uchun 2-3 oy vaqt kerak odatda. Eshton O’zbekiston safariga puxta tayyorlangan, siyosiy mahbuslarga oid vaziyatdan xabardor bo’lgan. Huquq himoyachilarining unga yuborgan hisobotlarini inkor etmagan, deb o’ylayman. Albatta, ayrim mavzular O’zbekiston hukumatiga yoqmasligi mumkin, shuning uchun barcha masalalar bo’yicha ijobiy javob olinmasligi tabiiy hol", - deydi Atayeva.
Biroq shu bilan birga, faol nazarida, Eshton O’zbekiston hukumati bilan muloqot formatini o’zgartirishi lozim. Chunki hozirgi muloqot ko’proq do’stona davra suhbatini eslatadi va bu suhbatga huquq himoyachilari, fuqarolik jamiyati vakillari jalb qilinmagan, deydi Atayeva.
"Parijda asoslangan tashkilot rahbariga ko’ra, Yevropa Ittifoqi hukumat va fuqarolik jamiyati o’rtasidagi muloqotda vositachi rolini bajarishi lozim. Bunday dialog bo’lmas ekan, hukumat chiroyli rejalar ijrosiga hali-beri kirishmaydi", - deydi Atayeva.
Faolning aytishicha, O’zbekistonda hukumatga qarshi kayfiyatlar kuchaymoqda, diniy qarashlar radikallashmoqda. Bunga sabab, deydi u, sudlarning mustaqil faoliyat yurita olmasligi, adliya tizimidagi adolatsizliklar.
Faol nazarida Milliy xavfsizlik xizmati jamiyatning har bir jabhasini, ma’lumot oqimini nazoratga olgan. Yevropa Ittifoqi bilan muloqotga besh yil to’libdiki, rejalar haqidagi gaplarni kamaytirib, yutuqlar, natijadan gapirish vaqti keldi, deydi Atayeva.
Uning aytishicha, ayni damda fuqarolik jamiyatining 31 faoli panjara ortida. Rejim siyosiy va diniy mahbuslarni qamoqda uzoqroq ushlab turishga harakat qiladi, jazo muddati yakunlanayotganida esa turli bahona va soxta ayblovlar bilan ularga qo’shimcha qamoq muddati belgilanadi, deydi u.
Masalan, 1994-yilda panjara ortiga tashlangan siyosiy mahbus Murod Jo’rayev. Uning to’rtinchi qamoq muddati 13-noyabrda nihoyasiga yetdi, ammo unga yangi jazo belgilanib, Jo’rayev qamoqxonada qoldirildi.
Markaziy Osiyo Inson huquqlari uyushmasi rahbari Nadejda Atayeva nazarida sobiq “Erk” gazetasi muharriri, muxolifat yetakchilaridan biri Muhammad Solihning ukasi Muhammad Bekjon yoki yozuvchi Mamadali Mahmudov kabilar hech qachon qamoqdan chiqmaydi.
"Siyosiy mahbuslarga turmada munosabat ashaddiy jinoyatchilarga qaraganda ancha yomon. Ularning sog’lig’i keskin yomonlashgan, tibbiy yordam ko’rsatilmaydi. Advokatlari jinoiy ishlari bilan tanish emas yoki kamdan-kam hollarda bunday imkoniyatga ega. Bu kabilar mahbuslar “amnistiyaga tushaman” deb umid qilmasa ham bo’ladi", - deydi huquq faoli.
Atayevaning aytishicha, mamlakatda inson huquqlari ahvolini o’rganish uchun yaratilgan davlat tizimlari ishlamaydi.
"Aksincha, ayrim hollarda ichki ishlar organlari xodimlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko’rib chiqib, taftish qilish o’rniga, Ombudsmen idorasi va Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz shikoyatlarni huquq-tartibot organlariga yuborib, da’vochilarni xavfga solmoqda", - deydi Atayeva.
Huquq himoyachisining aytishicha, mamlakatda Konstitutsiya bo’lgani bilan fuqarolarning konstitutsion huquqlari himoyalanmagan.
"Milliy xavfsizlik xizmati, Militsiya haqidagi qonunlarning yo’qligi, bu idoralar faoliyatining aniq belgilanmagani uchun ular o’zini qonundan yuqori deb biladi", - deydi Nadejda Atayeva.