Breaking News
Din

Musulmon yetakchilar radikalizmga qarshi choralar ko'rishga kelishib oldi


Kecha Vashingtonda o'tgan konferensiyada 100 dan ortiq musulmon yetakchilari yig'ilib, radikalizmga qarshi kurash, bir million musulmon saylovchini kelasi yildagi saylovda ovoz berish uchun ro'yxatdan o'tkazish hamda boshqa din vakillari bilan aloqalarini kuchaytirish bo'yicha milliy kampaniya boshlashga kelishib oldi.

Yig'in dunyoda "Islomiy davlat" terrorchi to'dasi xurujlari kuchaygan hamda San-Bernardinoda 14 kishining o'limiga sabab bo'lgan qonli xuruj ketidan musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchaygan bir paytda o'tkazildi.

Shimoliy Amerika musulmonlar alyansi rahbari imom Johari Abdul Malik yoshlar bilan ishlash bo'yicha chora-tadbirlar kuchaytirilayotganini aytdi.

Falastinga hamdard amerikalik musulmonlar guruhidan Kristin Szremski esa terrorizmni qoralash va boshqa jamoatlar bilan yaqindan aloqaga chiqish bo'yicha musulmonlar ko'proq ish qilishlari kerak, degan fikrni olg'a surdi.

Kaliforniyadagi xuruj ketidan musulmonlarga qarshi kayfiyat va jinoyatlar soni oshgani kuzatilmoqda. Yig'inda musulmonlarning "Islomiy davlat" kabi terror guruhlarini keskin qoralashini va bunday guruhlarning Islomga aloqasi yo'qligini ko'proq amerikaliklarga tushuntirish zarurati borligi tilda olindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG