Breaking News

Berni Sanders: AQSh uchun asosiy tahdid - "Islomiy davlat", Assad emas


Nyu-Gempshir shtatining Manchester shahrida o'tgan teledebat paytida, 19-dekabr, 2015-yil
Nyu-Gempshir shtatining Manchester shahrida o'tgan teledebat paytida, 19-dekabr, 2015-yil

Kecha Nyu-Gempshir shtatida Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod uch arbob yana bir teledebatda qatnashdi. Da'vogarlar iqtisodiyot, "Islomiy davlat"ga qarshi kurash xususida munozara qildi.

AQSh Senatiga Vermont shtatidan saylangan Berni Sanders va sobiq davlat kotibasi Xillari Klinton jangarilarni yengish uchun davlatlar hamkorlik qilishi zarur, degan fikrda.

Sandersga ko'ra, xalqaro koalitsiya havodan zarba berishda davom etishi, yerda esa musulmon davlatlardan qo'shinlar harakatlanishi zarur. Nomzod Rossiya bilan hamkorlik qilish kerakligini ta'kidladi.

"Bizni Bashar Assad emas, "Islomiy davlat" tashvishga solishi kerak, chunki AQShga hujum qilayotgan Assad emas, islomiy jangarilardir", - dedi Sanders.

Klinton respublikachi nomzodlar orasida peshqadam Donald Trampni tanqid qilib, uning musulmonlarga qarshi izohlari "Islomiy davlat"ga kuch beradi, odamlarni bu to'daga qo'shilishga undaydi, dedi.

"Jamiyatimizda radikallashuvga qarshi kurashda amerikalik musulmonlar faol rol o'ynaydi. Biz ular bilan iliq muomalada bo'lib, hamkorlik qilishimiz kerak",- deydi Klinton.

"Biroq respublikachi arboblar va, xususan, Donald Trampni tinglayotgan Amerikadagi va butun dunyodagi musulmonlar madaniyatlar to'qnashuvi bo'lyapti, G'arb musulmonlarga qarshi fitna rejalayapti, islom diniga qarshi kurashyapti, degan xayolga boradi. Bu esa radikallashishni kuchaytiradi", - deydi nomzod.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG