Breaking News

Musulmonlar respublikachilardan yuz o'girmoqda


Musulmon saylovchilar
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Musulmon saylovchilar

Musulmon amerikaliklar tarixan respublikachilarga ovoz berib kelgan. Ammo so'nggi yillarda demokratlarga moyillik oshdi. Noyabrdagi prezidentlik saylovlarida ularning aksariyati Hillari Klintonga ovoz berishi kutilyapti.

Virjiniya shtatidagi masjiddamiz. Bu hududda demokratlar ko'p emas. Fols-Cherch shahridagi Dorul Hijra masjidiga qatnovchi musulmonlar bir paytlar respublikachilarga ovoz berardi.
Hozir esa ular, asosan, demokrat Hillari Klinton tarafdori. Chunki musulmonlar Donald Trampning prezident bo'lishini xohlamaydi.

"Hammamizning qarashimiz deyarli bir xil. Biz haqimizda tarqalayotgan propagandani shunday qoldira olmaymiz", - deydi Azmi Rahmon.

"Oq uyga islomofobiya kirib bormasligi kerak. Shuning uchun ro'yxatdan o'tmagan barcha musulmonlar ro'yxatdan o'tib demokratlarga ovoz berishi kerak", - deydi Sara ismli saylovchi.

Juma kunlari masjid faoli Faziya Din ko'ngillilar yordami bilan musulmon ayollarni saylov uchun ro'yxatdan o'tishga undaydi. Mamlakat bo'ylab musulmonlar orasida shunday harakat davom etmoqda.

"Bu muhim yil. Klinton bor va Tramp degan ahmoq bor. Agar biz ovoz bermasak, Tramp yutishi mumkin", - deydi Faziya.

Din kabi ko'plab musulmon amerikaliklar muhojirlardan iborat. So'rovlarga ko'ra, 3,5 million musulmon amerikaliklarning aksariyati demokratlar tarafida.
2000-yilgi prezidentlik saylovida ular Jorj Bushga ovoz bergan. Lekin so'nggi uch saylovda demokratlarni yoqlashmoqda.

Jorjtaun universiteti professori Jon Espositoning aytishicha, 2000-yil istisno holat edi.

"Tarixan demokratlar xalq partiyasi sifatida ko'riladi. Respublikachilarni esa siyosiy elita va boylar partiyasi deb atashadi", - deydi u.

Donald Trampning musulmonlarga qarshi gaplari ularni yanada demokratlarga yaqinlashtirdi.

Musulmon saylovchilar soni kam bo'lsa-da, ular Florida, Ogayo, Virjiniya va Pensilvaniya kabi shtatlarda katta sonni tashkil etadi.

"Kim yutishi noma'lum shtatlarda musulmonlar ovozi muhim. Shu bir foiz ovoz bunday shatatlarda kim yutishini hal qiladi", - deydi Faziya.

Ammo ekspertlar fikricha, musulmonlar tarkibi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rang-baranglashib borgan sari ularning siyosiy qarashlari ham boyib boradi. Bu esa jamiyat va demokratiya uchun yaxshi, deydi professor Esposito.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG