Breaking News

Obama Myanmani demokratik islohotlarni davom ettirishga undadi


Prezident Barak Obamaning ta'kidlashicha, Myanmada so'nggi yillarda ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi, ammo islohotlar davom etishi lozim.

AQSh rahbari bu haqda Myanma prezidenti Teyn Sheyn va qonunchilar bilan uchrashuvidan so'ng bayon qildi. Muhokamalarda demokratik tizimga o'tishda shu kungacha qo'lga kiritilgan yutuqlar tilga olingan.

O'tmishda Birma deb yuritilgan, o'nlab yillik avtoritar harbiy boshqaruvdan chekinayotgan bu davlatda Obama ikki kun bo'ladi.

Hukumat rasmiylari bilan muloqotda siyosiy reformalar hamda inson huquqlari masalalari albatta ko'tariladi, deydi Obamaning xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Ben Rouds.

2011-yilda Myanmada noharbiy hukumat ishga kirishishi bilan jamiyatdagi chuqur muammolar yuzaga chiqdi, xususan, ozchilikdagi guruhlarga nisbatan munosabat.

Mamlakatda yashovchi asosan musulmonlardan iborat roxinja xalqi fuqarolikdan, fundamental huquqlardan mahrum. Hukumat bunday elat borligini hatto tan olmaydi.

Barak Obama uzoq yillar uy qamog'ida saqlangan muxolifat lideri, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi Ang San Su Chi bilan ko'rishish uchun Yangon shahriga safar qilishi kutilmoqda.

Myanma Janubi-sharqiy osiyo davlat uyushmasi, ASEANning yillik anjumaniga ilk bor mezbonlik qilishi. Obama 15 ga yaqin davlat, jumladan Xitoy, Rossiya va Hindiston ishtirokida o'tadigan Sharqiy Osiyo sammitida ham qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG