Breaking News

Rohinja qochqinlari Myanmaga qaytishi mumkin


Rohinja qochqinlari vatanga qaytadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:52 0:00

23-yanvar kuni rohinja musulmonlarini sekin-asta Bangladeshdan Myanmaga qaytarish jarayoni boshlanishi kutilgan edi. Ammo bu amalga oshmaydigan bo'ldi.

Qochoqlarni qaytarish qachon boshlanishi hozircha noma'lum. Birma va Bangladesh hukumatlari harbiylar zo'ravonligidan qo'shni davlatga qochgan yuz minglab rohinjaliklarni vataniga qaytarish jarayonini boshlash haqida avvalroq kelishib olgan edi.

"Bu inqiroz eng ko'p ta'sir ko'rsatgan xalq va davlat bizmiz. Qaytish jarayoni imkon qadar tez boshlanishidan manfaatdormiz. Ayni paytda bu jarayon davomiy bo'lishini xohlaymiz. Xavfsizlik masalalariga diqqat qaratyapmiz", - dedi Bangladeshning qochoqlar masalasi bo'yicha rasmiysi Muhammad Abul Kalom.

Myanmaga qaytishni istamayotganlar ham ko'p.

"Bu yer tinch, ovqatimiz bor. Ozuqang bo'lgan joy yaxshi. U tomonda qo'rqamiz. Bizni o'ldirishadi", - deydi qochoqlardan biri.

Myanma armiyasi ozchilik rohinja musulmonlariga qarshi hujum uyushtirib, yuzlab tinch aholi vakillarini o'ldirganlikda, ayollar va qizlarni zo'rlaganlikda ayblanadi. Rasmiylar politsiya postiga hujum qilgan isyonchilarga qarshi amaliyot o'tkazganini aytadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rakxayn shtatida xavfsizlik kuchlari sodir etgan jinoyatlarni "etnik genotsid" deb atagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG