Breaking News

40 yildan beri xizmat qilayotgan fazo vositalari


40 yildan beri xizmat qilayotgan fazo vositalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Bundan 40 yil oldin, Jimmi Karter prezidentligi davrida, amerikaliklar rok-n-roll qiroli Elvis Presli uchun motam tutayotgan bir paytda, AQSh Fazo agentligi samoga ikki kichik apparat uchirgan. Maqsad Yupiter va Saturn sayyoralari haqida ko’proq o’rganish edi. Buni qarangki, uch yilga mo’ljallangan har ikki vosita haligacha parvoz qilmoqda.

Voyajer-1 apparati 1977-yilning 5-sentabrida Floridadagi bazadan samoga ko’tarilgan. 16 kun oldin esa Voyajer-2 uchirilgan edi.

Voyajer-1 kechroq uchirilgan bo’lsa-da, qisqaroq trayektoriyadan Yupiter va Saturnga birinchi bo’lib yetib borgan.

U Yerga yuborgan mashhur tasvirlardan biri “ko’kimtir nuqta” deb ataladi. Bu nuqta Yer sayyorasi. Taxminan 6 milliard kilometr uzoqlikdan shunday ko’rinadi. Yana bir video tasvirda Yupiter atrofidagi Oyda vulqon otilganini ko’rasiz.

Yupiter va Saturnni tadqiq etgandan keyin ikki apparat Uran va Neptun atrofida aylanib, Yerga ilmiy ma’lumotlar uzatgan.

Olimlar 10 milliard kilometr naridagi Quyosh sistemasining chekkasigacha yetib borishni umid qilgan edi.

“Voyajer-1 bilan bunga erishdik. Voyajer-2 ham uning izidan borayapti”, - deydi loyiha ustida ishlagan Ed Stoun.

Oltin qoplamali grammofon plastinka
Oltin qoplamali grammofon plastinka

Quyosh shamolini o’lchashga mo’ljallangan asboblar yulduzlararo shamolni ham o’lchashda asqatadi.

“Tarixda ilk bor fazoviy shamollarni o’lchash imkoniyatiga egamiz”, - deydi Stoun.

1970-yillarda raqamli texnologiyalar bo’lmagani sabab, Voyajer apparatlarida oltin qoplamali grammofon plastinkalar biriktirilgan. Koinotda aqlli mavjudotlar bo’lsa, Yerdagi hayotni aks ettiruvchi tovushlar, qo’shiqlarni tinglashi uchun.

Har ikki Voyajer kichik yadroviy generatorlardan energiya oladi. Bu degani, ular yana kamida 10 yil davomida bizga ma’lumot uzatadi.

Ammo Kichik ayiq va Andromeda turkumidagi yulduzlarga yetib olish uchun 40 ming yil vaqt kerak. Bu apparatlar o’shanda hozirgi sivilizatsiyadan yagona nishona bo’lsa ajab emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG