Breaking News

AQSh Meksikada noyob observatoriya ochmoqda


Amerika va Meksika olimlari dunyodagi eng katta gamma nurlari observatoriyasini qurib bitkazdi. Meksikaning Syerra Negra tog’ida joylashgan bu inshoot suvga asoslangan detektorlar bilan jihozlangan. Maqsad – koinot sirlarini o’rganish.

Samoviy favqulodda holatlar, masalan yulduzlar, pulsarlar yoki qora tuynuklarning portlashidan yuqori zaryadli zarralar ajralib chiqadi. Ularni gamma nurlari deymiz. Muayyan sharoitda katta tezlikda harakatlanadi.

Bu nurlar shu qadar kuchliki, ularni hatto 10 milliard yorug’lik yili uzoqlikdan yetib kelayotganda ham aniqlash mumkin.

Jordan Gudman - Merilend universitetida fizika fanlari professori.

“Gamma nurlari eng katta quvvatga ega bo’lib, ular borliqda bunday zarrachalar qayerdan kelishini tushunishda yordam beradi. Ularni kuzatish va o’rganish uchun observatoriyani qurdik,” - deydi u.

Fazoviy gamma nurlari suvga tegsa Cherenkov elektr magnit radiatsiyasi deb ataladigan och ko’k yorug’lik paydo bo’ladi. Yadroviy reaktorlarda buni ko’rsa bo’ladi.

Katta balandlikdagi Cherenkov eksperimentlar observatoriyasida 300 ta mahkam yopIlgan suv konteyneri joylashtirilgan. Radiatsiyani kuzatadigan va yozib boradigan datchiklar ham o’rnatilgan.

Gamma nurlari datchiklarga kelib urilganda burchagi va kuchini o’lchab, olimlar ularning manbaini aniqlay oladi.

Observatoriya Yer atrofidagi yulduzlarni o’rganishda ham qo’l keladi, deydi Gudman.

“Kuni kecha ilmiy konferensiyada bir olim “quyosh chiqaradigan gamma nurlarini ham o’rganishimiz kerak”, dedi. Teleskop bilan ishlaydigan odam quyoshga qarab bo’lmasligini yaxshi biladi. Biz esa bevosita quyoshga qaramaymiz. Gamma nurlarini o’rganamiz”.

Observatoriya markaziy Meksikadagi o’chgan vulqon tubida joylashgan. Bu yerning ob-havosi tadqiqotlar uchun qular. O’n yildan keyin observatoriya yopiladi va bu joy eski holiga qaytariladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG