NATO, Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi, Afg’oniston bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. Qo’shinlar va vositalarni olib chiqishda mintaqa temir yo’llaridan foydalanmoqda. Harbiy texnika asosan O’zbekiston orqali o’tmoqda. Toshkentda NATO mintaqaviy aloqa markazi ochilishi kutilmoqda.
Britaniya, Norvegiya va Fransiyaga qarashli harbiy jihozlar Mozori Sharifdan O’zbekistonga, undan Qozog’iston va Rossiya orqali Latviyaga olib ketilmoqda. NATO dastlabki qatnov muvaffaqiyatli o’tganini tasdiqlagan.
Fransiya harbiylari esa Tojikistonda ijaraga olingan aeroportni topshirish harakatida. Bu obyekt Afg’onistondagi amaliyotlarda qo’l kelgan.
Rejaga ko’ra, xalqaro koalitsiya Afg’onistonni 2014-yil oxirigacha tark etishi kerak.
Shimoliy ta’minot tizimi, qo’shinlar uchun zarur yuk tashiladigan yo’nalishda asosiy halqa O’zbekiston sanaladi.
Toshkentda ochiladigan bo’lim NATO yuklari tranzitini muvofiqlashtiradi. Taxmin shuki, NATOning ayrim a’zolari tranzit evaziga mintaqa davlatlariga qurol-yarog’ qoldiradi. Harbiy texnikaning asosiy qismi O’zbekistonga tegishi mumkin. Bu ehtimoliy qaror ortida xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqqandan keyin mintaqa xavfsizligini mustahkamlash uchun yordam berish maqsadi yotibdi.
Afg’oniston hukumati Tolibonga qarshi kurasha oladimi? O’zini terrorizmdan himoya qila oladimi? Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan tahdid qanchalik oshishi mumkin?
O’zbekiston rahbariyati nazarida xavf darajasi kuchayadi. Prezident Islom Karimov bu borada Rossiya ko’magiga muhtojligini qayd etmoqda. Lekin Qozog’iston ta’biricha ortiqcha xavotirga o’rin yo’q.
Qozog’iston mintaqada ilk bor harbiy jangavor parad o’tkazdi.
Prezident Nursulton Nazarboyev fikricha:
“Xalqaro qo’shinlar Afg’onistondan chiqqach mintaqada beqarorlik kuchayadi degan fikrlarga qo’shilmayman. Ishonamanki, favqulodda inqrozli holat kuzatilmaydi, ayniqsa bizning mintaqamiz uchun. Albatta, bunday ssenariyni xohlovchi yoki bu bilan bizga tahdid qilmoqchi bo’lganlar ko’p”.
Qozog’iston va O’zbekistonni xavfsizlik masalasida turli pozitsiyada ekani mintaqa tarqoq ekanidan dalolat beradi.
Qozog’istonlik siyosatshunos Do’sim Satpaev:
“Agar Afg’oniston tomondan umumiy xavf paydo bo’lganda ham, bu xavfga qarshi mintaqa davlatlari birlashadi deya olmaymiz... O’zbekistondan farqli, mintaqaning aksariyat davlatlari shunday inqirozli vaziyatda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga suyanishga harakat qilishadi. Biroq O’zbekiston ishtirokisiz mintaqa xavfsizligini to’liq ta’minlab bo’lmaydi”.