Breaking News

AQSh NATO a'zolarini xarajatni birga ko’tarishga chaqirmoqda


Geytsning aytishicha, oxirgi 10 yilda Yevropa mudofaa xarajatlari 15 foizga qisqargan. Bu esa NATO zimmasidagi asosiy ish - Afg’onistonga ham ta’sir qilmoqda.
Geytsning aytishicha, oxirgi 10 yilda Yevropa mudofaa xarajatlari 15 foizga qisqargan. Bu esa NATO zimmasidagi asosiy ish - Afg’onistonga ham ta’sir qilmoqda.

Amerika Mudofaa vaziri Robert Geyts NATO davlatlarini mas’uliyatni baham ko’rishga undamoqda. 60 yillik bu tashkilotga 28 davlat a’zo va harbiy xarajatni hamma teng ko’tarishi kerak, deydi vazir.

Bryusselda siyosatdonlar oldida ma’ruza qilgan Robert Geyts oy oxirida iste’foga chiqishi oldidan o’z xavotirlarini eslatdi. Xalqaro koalitsiya mudofaa chiqimlarining to’rtdan uch qismi hozir Amerika gardanida.

“Qo’shma Shtatlar o’z xavfsizligi va dunyo mudofaasi yo’lida tobora ko’proq pul tikib borayapti. Holbuki, ba’zi davlatlar mas’uliyatdan qochishni ma’qul topmoqda. Bu adolatdan emas”, - deydi vazir.

Robert Geyts Liviyadagi operatsiyani misol qilib keltiradi. Muammar Qaddafiyga qarshi reydlarni alyans bir ovozdan ma’qullagan. Lekin havo hujumlariga kelganda uchdan bir qismi hissa qo’shmoqda.

Missiyada ishtirok etayotgan ayrim mamlakatlar esa hozirdanoq holsizlanib, o’rnini yana AQSh qoplashi kerak bo’lmoqda.

AQSh mudofaa vaziri ba’zi mamlakatlar iqtisodiy jihatdan qiynalib qolganini, harbiy amaliyotga qurbi yetmasligini tushunadi.

Geytsning aytishicha, oxirgi 10 yilda Yevropa mudofaa xarajatlari 15 foizga qisqargan. Bu esa NATO zimmasidagi asosiy ish - Afg’onistonga ham ta’sir qilmoqda.

“Afg’oniston masalasida iqtisodiy muammolarni vaj qilish mumkin emas”, - deb hisoblaydi vazir.

Byudjet kamomadi bilan kurashayotgan Amerika ham jangovar sarfiyatni kamaytirish ustida o’ylanmoqda. Kelgusida hokimiyatga kelgan yangi siyosatchilar NATO uchun javobgarlikni ortiqcha deb topsa, ajabmas, deya ogohlantiradi Robert Geyts, AQSh Mudofaa vaziri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG