Breaking News

Navalniy va ukasiga uch yarim yil qamoq jazosi belgilandi


Blogger Aleksey Navalniy (chapda) va ukasi Oleg Moskvadagi sud binosida. 30-dekabr, 2014-yil.
Blogger Aleksey Navalniy (chapda) va ukasi Oleg Moskvadagi sud binosida. 30-dekabr, 2014-yil.

Rossiya sudi siyosiy faol Aleksey Navalniyni atir-upa sotuvchi fransuz kompaniyasidan kamida 500 ming dollar o'margarlikda aybdor deb topdi.

38 yoshli yurist va blogger Navalniyga shartli ravishda uch yarim yil qamoq jazosi belgilandi. Prokuratura uni 10 yilga qamashni so'ragan edi. Navalniyning ukasi Oleg ham ayni ish yuzasidan aybdor topilib, biroq u uch yarim yil jazo muddatini koloniyada o'taydi.

Oleg Navalniy akasining siyosiy faolligi uchun jazo olmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Sud hukmi 15-yanvarda e'lon qilinishi kerak edi, lekin sud sanasi biror izohsiz dushanbaga ko'chirilgan.

Sud xulosasi e'lon qilinganidan keyin Aleksey Navalniy tarafdorlarini namoyishlarni davom ettirishga chaqirdi.

"Bunaqangi siyosiy tuzumga o'rin yo'q va unga barham berish kerak. Barchangizni ommaviy namoyishlarga chiqishga, begunoh insonlarni ta'qib qilishga qarshi bosh ko'tarishga undayman", - dedi Navalniy.

Blogger ruxsatsiz ommaviy chiqishlarda qatnashgani uchun fevraldan beri uy qamog'ida qolayotgan edi.

U 2011 va 2012-yillarda Prezident Vladimir Putinga qarshi yirik namoyishlarga yetakchilik qilgan. O'tgan yili Moskva meri uchun o'tgan saylovlarda ikkinchi o'rinni egallagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG