Breaking News

Navalniy uy qamog'iga mahkum etildi


O’tgan yili Rossiya sudi uni davlatga qarashli firmadan 500 ming dollarlik mahsulot o’marganlikda aybdor topib, besh yil qamoq jazosi bergan edi.
O’tgan yili Rossiya sudi uni davlatga qarashli firmadan 500 ming dollarlik mahsulot o’marganlikda aybdor topib, besh yil qamoq jazosi bergan edi.
Rossiya sudi muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni kamida ikki oyga uy qamog’iga mahkum etdi. U telefon va internetdan foydalanishi, telegramma, xat almashishi man qilingan.

Uning ustidan jinoiy tergov davom etar ekan, Navalniy sudning shahardan chiqmaslik haqidagi shartlarini buzgani, Moskvani bir necha bor tark etgani, noqonuniy namoyishlarda qatnashgani aytiladi. Shu bois sud uni uy qamog’i bilan jazolashga qaror qilgan.

Hukumat shu tariqa korrupsiyani fosh etish yo’lidagi harakatlarimni cheklamoqchi, deydi u.

Navalniy dushanba kuni poytaxtda noqonuniy namoyish paytida ushlangan. Rasmiylarning aytishicha, u politsiyaga qarshilik ko’rsatgan va yetti kunga turmaga tashlangan. Biroq Navalniy huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko’rsatmadim, deya ta’kidlaydi.

Muxolifatchi prezident Vladimir Putin va uning hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan. 2011-2012-yillarda Kremlga qarshi namoyishlar boshida turgan ham Navalniy edi.

O’tgan yili Rossiya sudi uni davlatga qarashli firmadan 500 ming dollarlik mahsulot o’marganlikda aybdor topib, besh yil qamoq jazosi bergan edi. Bir necha kun o’tib, sud jazoni shartli deya shahardan chiqmaslik talabi bilan Navalniyni qo’yib yuborgan.

Muxolifatchi sud shartini ikki bora buzib ulgurgani aytiladi. Navalniy yana bir marta qo’lga tushsa, haqiqatan besh yilga ozodlikdan mahrhum qilinishi aniq, deydi ekspertlar.

Korrupsiya va poraxo’rlikni yorituvchi blogi bilan tanilgan muxolifatchi barcha ayblovlarni rad etadi.

Aleksey Navalniyning o'tgan yilgi sudi ketidan Moskvada namoyishlar:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG