Breaking News

Netanyaxuning partiyasi g'alabani nishonlayapti

Isroildagi parlament saylovlarida Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning "Likud" partiyasi g'alaba qozongan. Netanyaxu kelasi ikki-uch haftada hukumat tuziladi, deydi.

Parlamentdagi 120 o'rindan 30 tasi "Likud" partiyasida. Raqib Sionistlar ittifoqi 24 o'rinni qo'lga kiritgan.

Netanyaxu kichik partiyalar bilan koalitsiya tuzishni va shu tariqa mutlaq ustunlikni ko'zlamoqda.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Frederika Mogerini Isroilning yangi hukumati bilan ishlashga tayyormiz, deydi.

Netanyaxu shu hafta qilgan chiqishida Falastin davlatini aslo qo'llab-quvvatlamasligini ta'kidlagan. Holbuki, avvalroq u Falastin ma'muriyati bilan muzokaralar va murosaga moyil ekanini uqtirgan edi.


XS
SM
MD
LG