Breaking News

Tramp Falastin-Isroil mojarosiga yechim topa oladimi?


Trump Isroil-Falastin mojarosini yechishga urinib ko'radi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastinning Xamas guruhi chiqargan so'nggi bayonotni safsata deya rad etdi. Xamas Isroilni yakson qilish siyosatidan voz kechganini ma'lum qildi, ammo uni davlat sifatida hanuz tan olgisi yo'q. Bu orada Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi.

Isroilliklar ikki davlatchilik yechimiga ishonadi, ammo buning ikki tomonlama muzokaralar orqali amalga oshishiga emas.

"Isroilda yaqinda o'tkazilgan ommaviy so'rovda qatnashchilarning 61 foizi Isroil va Falastin uchun ikki davlat bo'lishini yoqlagan, ammo 91 foizi ikki tomon muzokaralari orqali bunga hech qachon erishib bo'lmasligini aytgan", - deydi Isroil loyihasi rahbari Allen Mayer.

Mayer Prezident Reygan davrida Milliy Xavfsizlik kengashidagi mudofaa dasturlarini boshqargan. Bir necha kun avval Oq uyda Falastin rahbarini qabul qilgan Prezident Tramp kelishuvga erishish uchun barcha choralar ko'rilishini aytdi.

"Lekin hech bir kelishuv AQSh yoki boshqa davlat tomonidan majburan o'tkazilmaydi. Falastinliklar va isroilliklar birga ishlab, har ikki xalq tinchlikda yashashi, ibodat qilishi va rivojlanishiga imkon beruvchi bitimga erishishi kerak", - dedi Tramp.

Muammo shunda, deydi Mayer, Isroil va falastinliklar bir-biriga ishonmaydi. Yaqin Sharqda tinchlikka erishishning yagona yo'li mintaqaviy yondashuv, deydi ekspert.

"Ikki tomonlama muzokaralar hech qachon ishlamaydi, bunga urinib ko'rganmiz. Mening umidim va yagona yo'l shuki, muloqotga boshqa arab davlatlarini ham jalb etish kerak", - deydi Mayer.

Sunniy arab davlatlarini hamkorlikka chorlashi mumkin bo'lgan narsa - bu raqib Eronning Suriya, Iroq va Livanda ta'sirini oshirayotgani, deydi tahlilchi.

"Ular Eronni kattaroq muammo sifatida ko'radi. Bu esa ularni boshqa ziddiyatlarni, ayniqsa, Isroil va Falastin o'rtasidagi muammoni bartaraf etishga undashi mumkin. 1947-yildan beri mavjud eng katta muammoni yechishga sabab bo'lishi mumkin bu", - deydi Mayer.

Prezident Tramp bir necha haftadan so'ng Yaqin Sharqqa yo'l oladi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Tramp bilan tinchlik jarayonini muhokama qilishga tayyor ekanini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG