Nyu-Yorkda sakkiz milliondan ziyod odam yashaydi. Shaharda topilmaydigan taom, musiqa va elatning o’zi yo’q. Ekspertlarning aytishicha, til jihatidan ham Nyu-York dunyoning eng boy shaharlaridan. 800 til.
Yuzlab tillar va lahjalar yangraydigan Nyu-York bu jihatdan dunyoda eng serdavlat shaharlardan.
“Nyu-York dunyoning poytaxti, elatlar tinch-totuv yashaydi bu yerda”, - deydi Ernesto Arias. U Boliviyadan.
Bu muhitda odam bemalol o’z tili va madaniyatini saqlab qolishi mumkin, deb hisoblaydi u.
"Har xil mamlakatlardan odamlarni uchratasiz. Turli tillar va lahjalarni eshitasiz. Masalan, mening davlatimda aymara va kvechua tillarida gaplashiladi. Albatta, muhojirotda sekin-sekin buni unutib borayapmiz. Lekin vatandoshlar bu merosni saqlab qolishga intilayapti”.
2010-yilgi statistikaga ko’ra, Nyu-Yorkning 51 foizi faqat ingliz tilida gaplashadi. Qolgan 49 foizi, deydi ekspertlar, yana yuzlab boshqa tillarda muloqot qiladi.
Shaharda eng ko’p yangraydigan ikkinchi til ispancha ekaniga ajablanmasa bo’ladi. Aholining 25 foiz aynan shu tilda muomala qiladi. (pause)
“Juda kosmopolitan shahar", - deydi argentinalik sayyoh Gabriela.
"Dunyoning har burchagidan kelgan insonlarga dush kelasiz. Metro, ko’cha-ko’y, liftlarda, ishxonada ularning tili, madaniyati bilan tanishasiz. Aniq sonini bilmadim-ku, lekin ancha-muncha ekanini ayta olaman”.
Tarixan, Nyu-York muhojirlarning birinchi qo’nar joyi bo’lib tanilgan. Jahonning poytaxti deb atashadi uni.