Breaking News

Nyu-Yorkda xuruj: Sakkiz kishi o'lgan


Mobil-salom: Nyu-Yorkda qonli hujum
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

Mobil-salom: Nyu-Yorkda qonli hujum

Nyu-York shahrining gavjum qismida, Jahon savdo markazi yaqinida, velosipedchilar yuradigan yo'lkada yuz bergan xurujda sakkiz kishi halok bo'lgan. Kamida 11 odam jarohat olgan.

Nyu-York shahar meri Bill de Blazio fikricha, voqea terror hujumidir. Ijaraga olingan yuk mashinasi peshexodlarni va velosipedchilarni yoppasiga bosgan. Haydovchi yonidagi qurollar qalbaki bo'lib chiqdi.

Nyu-York politsiyasining bildirishicha, hujumchi hozir kasalxonada. Politsiya unga ikki bor o'q uzgan. Uning o'zbek muhojiri, 29 yoshli Sayfullo Soipov ekani aytilmoqda. U Florida va Nyu-Jersi shtatlarida yashagan. AQShga 2010-yilda grin karta dasturi orqali kelgani ma'lum.

Sayfullo Soipov, AQShning ABC telekanali va boshqa manbalar tarqatgan surat
Sayfullo Soipov, AQShning ABC telekanali va boshqa manbalar tarqatgan surat

Guvohlar deydiki, yuk mashinasini mingan kishi katta tezlikda odamlar tomon haydagan va maktab o'quvchilarini olib ketayotgan avtobusga kelib urilgan. Keyin ikki soxta to'pponcha bilan qochayotganda politsiya uni otgan.

Soipov mashinadan chiqib "Allohu akbar" deb hayqirgan. Mashina ichidan "Islomiy davlat" ekstremist guruhiga bay'at keltirilgan yozuvlar topilgani xabar qilinmoqda. Hujumchi yaralangan va ayni damda kasalxonada.

Xuruj sodir etilgan joy, Nyu-York, 31-oktabr, 2017
Xuruj sodir etilgan joy, Nyu-York, 31-oktabr, 2017

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG