Breaking News

Nyu-Yorkda yana bir o'zbek terror aybini bo'yniga olib, prokuror bilan kelishdi


Sud zalidagi manzara mahalliy matbuot chizgilarida
Sud zalidagi manzara mahalliy matbuot chizgilarida

Amerikaga 2006-yilda kelib, vizasi bitgandan keyin noqonuniy ravishda tirikchilik qilib yurib, 2015-yilning boshida terrorchilarni quvvatlashga uringanlikda ayblanib hibsga olingan, hozirda 32 yoshli Abror Habibov prokuror bilan kelishdi. "Islomiy davlat" terror tizimiga yordam berishni rejalanganlik aybini bo'yniga oldi.

Habibov AQShning sharqiy shtatlarida savdo bilan shug'ullangan, bir necha do'konlarni yuritgan. U qozog'istonlik Ahror Saidahmetovni Turkiya orqali Suriyadagi terroristlar safiga yuborish uchun homiylik qilmoqchi bo'lgan, shuningdek, unga qurol xarid qilish uchun yordamlashmoqchi bo'lgan, deyiladi federal prokuratura hujjatlarida.

Saidahmetov 571 dollarga Nyu-Yorkdan Turkiya tomon ikki-yo'llik aviabilet sotib olgan. U Nyu-York xalqaro aeroportida qo'lga olingan.

Habibov jinoiy ishga qo'l urayotganini bilib turib shunday ish tutganini tan olgan.

2015-yilda Abdurasul Jo'raboyev ismli o'zbekistonlik ham "Islomiy davlat"ni targ'ib qilib, o'sha paytdagi rahbar Barak Obamani o'ldirish niyati borligini izhor qilib, ushlangan edi.

Jo'raboyev 2015-yilda, Saidahmetov esa shu yil boshida aybiga iqror bo'lgan. Ularga jazo hali belgilanmagan.

Nyu-Yorkda terrorizmda ayblanib hibsda saqlanayotgan va sud ishini kutayotgan yana uch o'zbekistonlik bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG