Breaking News

Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi terakt yuzasidan ta'ziya izhor etdi


AQSh huquq-tartibot idoralari Nyu-Yorkda terror xuruji sodir etgan shaxs bu ishga nima sababdan qo'l urganini aniqlashga urinmoqda. Ayblanayotgan shaxs - Sayfullo Soipov, AQShga grin karta bilan 2010-yilda kelgan o'zbekistonlik muhojir.

U Nyu-Yorkning sayyohlar bilan gavjum ko'chasida odamlarni yuk mashinasida bosib ketgan. Sakkiz kishi o'lgan, yana 11 odam og'ir ahvolda.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi:

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti
Donald Jon Tramp
Janobi Oliylariga


Muhtaram Prezident Janoblari!

Nyu-York shahridagi terrorchilik harakati oqibatida begunoh kishilarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz.

Ushbu qabih va shafqatsiz jinoyatni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi ekstremizm va terrorizmni keskin qoralaymiz.

Sodir etilgan fojia zamonamizning bunday g‘ayriinsoniy xavf-xatarlariga qarshi kurashish yo‘lida butun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston ushbu terrorchilik harakatini surishtiruv ishlariga ko‘mak ko‘rsatish uchun bor kuch va vositalarini ishga solishga tayyor.

Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi bilan har tomonlama birdam ekanimizni izhor etamiz.

Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilayman.

Qayg‘u bilan,

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG