Amazon.com asoschisi Jeff Bezos yaqinda Amerikaning nufuzli “Vashington Post” gazetasini 250 million dollarga sotib oldi. Internetda birinchilardan bo’lib savdo tarmog’i yaratib boylik orttirgan shaxs bosma matbuotni qanchalik o’zgartirishi mumkin? AQShda bu masala qizg’in muhokamada.
Jeff Bezos internetni global bozorga aylantirgan odamlardan. U yerdan nafaqat mahsulot sotib olish, hatto kitob o’qish mumkinligini isbotlab bergan.
Bezos kelajakdan qo’rqmaslik kerak deydi.
Ken Doktor, “Newsonomics” degan kitob muallifi. Yangi texnologiyalar axborot vositalarini qanchalik yangilayotgani haqida izlanib keladi.
Bosma matbuotning kuni bitayapti, deydi u.
“Ko’plab nashrlar, jumladan “Nyu-York Tayms” singari gazetalar ertani o’ylashi kerak. Dunyo bo’ylab shunga guvohmizki, bosma matbuot daromad keltirmayapti. Egalari ularni sotib yuborayapti yoki boshqa bir platformalar haqida o’ylayapti”,- deydi Doktor.
"Vashington Post” taqdiri bunga yaqqol misol va Bezos uni qanday saqlab qolishi boshqa nashrlar kelajagini belgilaydi.
Kasaba uyushmalari Amerikada kuchli organlar. Jurnalistlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar ham qarab turmaydi.
Mutaxassislar deydiki, Jeff Bezos shu bois ham gazetaning ishiga aralashmaydi. Tahririyatga ishonadi, lekin mahsulotni qanday sotishni hal etadi.
Lekin Pol Levinson kabi malakali jurnalistlar bunga ishonmaydi.
“Biror yirik korporatsiya yoki badavlat odam biror axborot vositasini sotib olayotganida “yo’q, biz uning ishiga aralashmaymiz” deb va’da beradi. Tahririyat mustaqil faoliyat yuritadi, jurnalistlar o’z ishini qiladi deydi. Biroq aslida bunday emas. Matbuot egasi bo’lgan odam hamisha uning ishiga aralashadi, bu haqiqat”,- deydi u.
Gazetalar daromad qilishi uchun qanday ishlashi kerak? Internet asri mushtariy talab va qiziqishlarini o’zgartirib yuborgan.
Matbuot boshqaruvini savdo tarmog’i boshqaruvi bilan qiyoslash mumkinmi?
"Hammaning ko’zi Bezosda hozir. “Vashington Post” daromad qila olsa, hamma Bezosdan o’rnak oladi. Lekin shu paytgacha u biror matbuotni boshqarmagan. Tajribasi yo’q bu borada",- deydi Ken Doktor.
Gazeta daromadning 80 foizini reklamadan oladi. Obuna kamayib, tahririyat kichrayib borar ekan, “Vashington Post” ham internetdagi saytiga e’tiborni oshirgan. Xodimlarining asosiy qismi bugun veb sahifa ustida ishlaydi.
Ko’plab amerikaliklar nazarida 136 yoshli gazeta ne zamonlarni ko’rmadi, ne sinovlarga dosh bermadi.
Internetga muammo emas, yangi bir imkoniyat sifatida qarasa bas, deydi ular, gazeta albatta o’zini o’z saqlab qoladi.