Amerika razvedkachi samolyoti Nigeriyada jangarilar o’g’irlagan o’quvchi qizlarni qidirishda yordam beradi. O’tgan oy 200 dan oshiq bola maktabdan olib qochilgan edi.
Obama ma’muriyatining bildirishicha, maxfiy samolyot va sun’iy yo’ldosh orqali olingan suratlar tergovda qo’l kelishi mumkin.
Amerikalik bir necha harbiy mutaxassis ham ayni pallada Nigeriyada, razveka va kuzatuv ishlarida madad berayapti.
Boko Haram nomli radikal guruh yaqinda qizlarning tasvirini internetga joylagan edi. 17 daqiqalik videoda hijobga o’rangan o’nlab o’quvchilarni ko’rish mumkin.
Boko Haram vakillari ularni musulmon qilib, ozodlik tuhfa etganini da’vo qilmoqda. Nigeriya qamoqlaridagi jangarilar qo’yib yuborilmas ekan, qizlar ham garovda qoladi, deyiladi guruh bayonotida.