Breaking News

Pxenyanda bino quladi, hukumat kutilmaganda kechirim so’radi


Marhumlarning yaqinlari motamda.
Marhumlarning yaqinlari motamda.

23 qavatli imorat hali qurib bitmagan edi. O’sha payt taxminan 100 oila unda yashayotgan bo’lgan.

Shimoliy Koreya hukumati poytaxt Pxenyanda bino qulashi oqibatida nobud bo’lgan oilalar yaqinlaridan kechirim so’radi.

Voqea seshanba kuni ro’y bergan va 23 qavatli imorat hali qurib bitmagan edi. O’sha payt taxminan 100 oila unda yashayotgan bo’lgan.

Talofatlar soni va halokat sababi aytilmayapti. Biroq hukumat qurilishda nosozlik bo’lganini e’tirof etdi.

Shimoliy Koreya rasmiylari odatda bunday xatolar borasida ochiq gapirmaydi va jamoatchilikdan uzr so’rash urf emas.

Qo’shni Janubiy Koreyadagi manbalarga ko’ra, shimolda hali qurib bitkazilmagan binolarga oilalar avval ham ko’chirilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG