Breaking News

Shimoliy Koreya: Kenja o’g’il kompartiya rahbariyati safidan joy oldi


Bo’lajak rahbar haqida ko’p narsa ma’lum emas. Kim Chen Un chamasi 27 yoshda, uch o’g’ilning kenjasi. Shveytsariyada hamda Pxenyan harbiy akademiyasida ta’lim olgan.
Bo’lajak rahbar haqida ko’p narsa ma’lum emas. Kim Chen Un chamasi 27 yoshda, uch o’g’ilning kenjasi. Shveytsariyada hamda Pxenyan harbiy akademiyasida ta’lim olgan.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Irning kenja o’g’li – Kim Chen Un Kommunistik partiyaning to’ridan joy olib, otasining vorisi etib tayinlanish arafasida.

Unga berilgan lavozimlar xorijiy matbuotda shunday talqin qilinmoqda.

Kim Chen Un endi nafaqat to’rt yulduzli general. Bu harbiy unvon berilganidan bir necha soat o’tmay, kenja o’g’il Ishchilar partiyasi markaziy qo’mitasi hamda Markaziy harbiy qo’mitadan ham joy oldi.

Shimoliy Koreya davlat televideniyesi bu haqda bong urar ekan, hokimiyat jilovi kimning qo’lida qolayotgani haqida shubha yo’q. Keksa Kim Chen Ir dunyodagi eng yopiq va qashshoq jamiyatni 1994 yildan beri boshqarib keladi.

Bo’lajak rahbar haqida ko’p narsa ma’lum emas. Kim Chen Un chamasi 27 yoshda, uch o’g’ilning kenjasi. Shveytsariyada hamda Pxenyan harbiy akademiyasida ta’lim olgan. Mahalliy matbuotda uning ismi ilk bor tilga olinmoqda.

Xa Te-Kyung, “Shimoliy Koreya uchun Ochiq Radio” nomli nohukumat tashkiloti rahbari fikricha, vorisni hokimiyatga keltirish harakatlari turli siyosiy guruhlar o’rtasidagi kurashni, raqobatni avj oldirishi mumkin.

Mamlakat elitasi, amaldagi rahbarga sodiq amaldorlar joyini berib qo’ygisi yo’q. Mutaxassis nazarida Janubiy Koreya bilan aloqalarga ham putur yetishi mumkin.

Obama ma’muriyati Shimoliy Koreyadagi jarayonlarni diqqat bilan kuzatib turibdi.

“Hokimiyatga kim kelishidan qat’iy nazar, AQSh maqsadlari o’sha-o’sha”, - deydi Deyvid Lipman, Mudofaa vazirligi rasmiysi. “Yarim orolda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ommaviy qirg’in qurollari tarqalishiga yo’l qo’ymaslik”.

AQShning Janubiy Koreyada 28 ming qo’shini bor. Olti oy ilgari bu yerda janub harbiy kemasi cho’kkanidan beri ziddiyatlar tinmaydi.

Xalqaro komissiya xulosasi shuki, kemaga Shimoliy Koreya hujum qilgan. Pxenyan ayblovni rad etadi.

XS
SM
MD
LG