Koreya yarimorolida vaziyat tobora taranglashmoqda. Shimoliy Koreya chegara osha Janubiy Koreyaga qarshi propagandaga zo'r bergan.
Pxenyan hududda Amerika va Janubiy Koreyaning yillik qo'shma harbiy mashqlari boshlanish arafasida ekanidan g'azabda. Seul ham o'tgan o'n yilda ilk bor karnaylarda qo'shnisiga qarshi tashviqot-targ'ibotni boshlagan.
Ikki davlat o'rtasidagi noharbiy zonadagi portlashda Janubiy Koreyaning ikki askari jarohatlangan, shundan keyin Seul propagandaga zo'r bergan.
Janub shimolni minalarni o'rnatganlikda ayblamoqda, Pxenyan bu ayblovni rad etadi.
Shimoliy Koreya, bu orada, janub va Amerika o'rtasidagi qo'shma harbiy mashqlarga qarshi chora ko'rishini aytib ogohlantirgan. AQSh va Janubiy Koreyaning 80 ming askari mashqlarda ishtirok etadi.
Seul va Vashington bu harbiy mashg'ulotlar faqat mudofaa maqsadida o'tkazilayotganini aytadi.
1953-yilda Koreya urushi otishmani to'xtatish qarori bilan yakunlangan, shundan beri kommunistik shimol va demokratik janub kelishuvga ko'ra hanuz urush holatida.